Soliq qo‘mitasida “Ikki buyuk siymoga ehtirom” mavzusida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar so‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir shoir Mir Alisher Navoiy hamda shoh, shavkatli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, faoliyati, ularning qoldirgan bebaho asarlari xalqimizning buyuk merosi sifatida yosh avlod tarbiyasi uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishi, shuningdek, ularning insoniyat tarixi va madaniyati rivoji uchun qo‘shgan bebaho hissasi xususida ham fikr yuritishdi.
Shundan so‘ng Fiskal institut talabalari buyuk mutafakkirlarimiz qalamiga mansub g‘azal va ruboiylardan o‘qib berishdi.