2024-yil yanvar-noyabr oylarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 65 826 ta yuridik shaxs tomonidan 41,7 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.
Shundan 17,3 trln so‘mi 20 ta soliq to‘lovchi* hisobiga to‘g‘ri keladi.
Ularning tovar aylanmasi 164,5 trln so‘m, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 1,9 trln so‘mdan oshgan.
Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
QQS - 5,5 trln so‘m;
aksiz solig'i - 4,5 trln so‘m;
yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq - 2,1 trln so‘m;
foyda solig'i - 1,7 trln so‘m;
ijtimoiy soliq - 858,7 mlrd so‘m;
JShODS - 855,3 mlrd so‘m;
mol-mulk solig‘i - 453,5 mlrd so‘m;
boshqa soliqlar - 1,3 trln so‘m.
*NKMK va OKMK AJdan tashqari