2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda DSQ Markaziy apparati hamda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirok etdi.
Huquqiy savodxonlik oyligi doirasida o‘tkazilgan tadbirda Adliya vazirligi qoshidagi yuristlar malakasini oshirish markazi katta o‘qituvchisi, yu.f.n., dotsent Rafik Shakurov “Mening Konstitutsiyam” mavzusida ma'ruza qildi. U Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar gerb — davlat mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qilishini, qolaversa, O‘zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzi ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, davlat gerbi va undagi belgilarning tarixiy ahamiyati haqidagi ma’ruzalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi Matbuot xizmati