Maʼlumot uchun:
Hukumat qarori: “Jahon banki ishtirokidagi Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi PQ-178-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.
Loyiha maqsadi: Soliq tizimi faoliyatining operatsion samaradorligini va natijadorligini hamda soliq qonunchiligiga rioya qilish darajasini oshirish.
Loyiha qiymati – 60 mln doll.
Amalga oshirish muddati: 2022–2027yy.
Loyiha moliyalashtirilishi: Halqaro taraqqiyot uyushmasi (Jahon banki) va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida 2022-yil 18-aprelda qarz bitimi imzolangan (№6912-UZ).
Loyiha tarkibi: Loyiha (60 mln dollar) 4-ta komponentdan iborat:
Soliq maʼmuriyatchiligining biznes jarayonlarini avtomatlashtirish (48,7 mln dollar).
Yashirin iqtisodiyotni kamaytirish uchun soliq toʻsiqlarini bartaraf etish (6,0 mln dollar).
Kadrlar va institutsional salohiyatni oshirish (3,3 mln dollar).
Notexnik komponent - Loyiha boshqaruvini qoʻllab-quvvatlash (2,0 mln dollar).
Loyihaning maqsadli koʻrsatkichlari:
Soliqlarni hisoblash va toʻlashni avtomatlashtirish darajasini 90% yetkazish;
Soliq organlari koʻrsatayotgan elektron xizmatlar sonini oshirish orqali tadbirkorlik subyektlarini elektron xizmatlar bilan qamrab olish;
Qoʻshilgan qiymat soligʻini undirish jarayonlarini toʻliq avtomatlashtirish orqali ushbu soliqning undiruv darajasini 75% yetkazish;
Soliq toʻlovchilarning hisobotlarini taqdim etish va soliqlarni toʻlash vaqt sarfini ikki baravargacha kamaytirish.
Investitsiyalarni oʻzlashtirish:
Loyiha boshidan 2024-yil 1-noyabrgacha 37,13 mln dollar oʻzlashtirilgan, jumladan:
1-komponent doirasida shartnomalar boʻyicha uskunalar yetkazilishi hisobiga 36,84 mln dollar,
4-komponent boʻyicha Loyiha amalga oshirish guruhi xarajatlari hisobiga - 0,29 mln dollar,
2024-yil yanvar-oktabrda horijiy kredit hisobidan 31,11 mln dollar oʻzlashtirilgan
1-komponent doirasida shartnomalar boʻyicha uskunalar yetkazilishi, xizmatlar – 31,0 mln dollar,
4-komponent boʻyicha Loyiha amalga oshirish guruhi xarajatlari - 0,11 mln.doll,
Investitsiyalarni jalb etish:
Loyiha boshidan 2024-yil 1-noyabrgacha 24,42 mln dollar jalb etilgan:
1-komponent doirasida yetkazilgan uskunalar uchun oʻtkazilgan toʻlovlar - 24,02 mln dollar
4-komponent boʻyicha Loyiha amalga oshirish Guruhi harajatlari uchun - 0,4 mln dollar
2024-yil yanvar-oktabrda kredit hisobidan 23,54 mln dollar jalb etilgan:
1-komponent boʻyicha shartnomalar boʻyicha toʻlovlar uchun - 23,44 mln dollar,
LAOG faoliyati uchun – 0,1 mln dollar
Investitsiya Dasturining bajarilishi
2024-yil uchun tarmoqlar boʻyicha xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish prognozlari Vazirlar Mahkamasining 73-bayoni (04/24-73, 18.04.24y.) bilan tasdiqlangan. Soliq qoʻmitasi boʻyicha 20,2 mln dollar: I chorak- 3 mln dollar, II chorak - 4,1 mln dollar, III chorak - 5 mln dollar, IV chorak - 8,1 mln dollar. 2024-yil uchun loyiha tarmoq jadvali tasdiqlangan.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi 92-son qaroriga muvofiq I chorak Investitsiya Dasturida oʻzlashtirish prognozi 3 mln dollar, amalda 3,13 mln dollar oʻzlashtirildi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 286-son qaroriga muvofiq II chorak Investitsiya Dasturida prognoz 4,1 mln dollar belgilandi, natijada I yarim yillik prognozi 7,1 mln dollarni tashkil etdi, amalda 2024-yil yanvar-iyunda 27,81 mln dollar oʻzlashtirilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 548-son qaroriga muvofiq III chorak Investitsiya Dasturida prognoz – 5,0 mln dollar belgilandi, natijada 2024-yil yanvar-sentabr davri uchun prognoz 12,1 mln dollar tashkil etdi, amalda 2024-yil yanvar-sentabr yakuni bilan 27,85 mln dollar oʻzlashtirildi va prognoz ortigʻi bilan bajarildi.
2024-yil yanvar-oktabrda loyiha doirasida jami 31,11 mln dollar oʻzlashtirildi, xisobot davri prognozi – 16,27 mln dollar ortigʻi bilan bajarildi (2024-yil oktabrda 3,26 mln dollar oʻzlashtirildi).
Amalga oshirilgan ishlar :
2023-yilda Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiyalash boʻyicha oʻtkazilgan tender yakuni bilan umumiy qiymati 39,32 mln dollar 5-ta shartnoma, jumladan “Winncom Technologies Corp.” (AQSH) bilan 1-4 lotlar boʻyicha (16.10.23y., 15.12.23y.) umumiy qiymati 33,6 mln dollar shartnomalar hamda “Blaze Technologies LTd” (Bolgariya) bilan 5-lot boʻyicha (19.10.23y.) qiymati 5,7 mln dollar shartnoma imzolangan.
2023-yil dekabrda shartnomalar doirasida 5,84 mln dollar qiymatida uskunalarning birinchi partiyasi yetkazib kelindi (3 lot – 2,4 mln dollar, 5 lot – 3,43 mn.doll.).
2024-yil yanvar-iyun davrida shartnomalar boʻyicha jami 27,75 mln dollar qiymatida uskunalar yetkazib kelingan (1 lot - 9,76 mln.doll, 2-lot - 5,6 mln dollar, 3-lot- 4,41 mln dollar, 4-lot- 7,98 mln dollar qiymatida.).
Shartnomalar boʻyicha jami 33,58 mln dollar qiymatida uskunalar yetkazildi, bu shartnomalar qiymatining 85% qismini tashkil etdi. Barcha uskunalar yetkazilishi toʻliq taʼminlandi.
Uskunalar boʻyicha muvofiqlik sertifikatsiyalari olindi, uskunalarni oʻrnatish va yigʻish ishlari tugatildi, dasturiy taʼminot qabul qilindi va sinovlardan oʻtkazildi, qoʻmita mutahassislari yangi uskunalar boʻyicha oʻqitildi, axborot tizimlarni mavjud tizimga integratsiya qilish tugatildi. Bajarilgshan ishlar yuzasidan dalolatnomalar rasmiylashtirildi. 2024-yil noyabrda axborot tizimlarini ishga tushirilganligi boʻyicha yakuniy dalolatnomalar rasmiylashtirilishi rejalashtirilgan.
Jahon bankining loyiha moliyaviy hisobotlarini mustaqil auditdan oʻtkazish talabini taʼminlash maqsadida moliyaviy auditor tanlovi oʻtkazildi: texnik topshiriq va tender hujjatlar Xarid komissiyasi va Jahon banki bilan kelishildi (10.04.2024y.), ishtirok etish boʻyicha malakaviy talablar eʼlon qilindi (19.04.2024y.). Belgilangan muddatga (3.05.2024y.) kelib tushgan takliflar baholandi (21.05.2024y.), ishtirokichlar “qisqa roʻyxati” tasdiqlandi, tender hujjatlar yuborildi (27.05.2024y.). 2024-yil 26-iyun – 25-iyul davrida tender takliflari baholanib, gʻolib kompaniya aniqlandi. Tanlov natijalari Soliq qoʻmitasi saytida 2024-yil 22-avgustda eʼlon qilindi. Gʻolib - “Kreston Tashkent” MCHJ bilan 2024-yil 11-sentabrda shartnoma imzolandi (76,35 ming doll.). Loyihaning 2022-2023-yillardagi faoliyati boʻyicha audit hisoboti 2024-yil 23-oktabrda Qoʻmitaga kelishish uchun taqdim etilgan va koʻrib chiqilmoqda.