Jismoniy shaxslar daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning Maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi. VMQ-601 15.11.2023 y.
Unga koʻra, jismoniy shaxslar daromad soligʻini qaytarib olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP – My.gov.uz)da elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali soliq organlariga ariza yuborishi lozim.
Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng soliq organiga avtomatik tarzda yuboriladi.
Soliq organi ariza beruvchiga daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilganligi yoki rad etilganligi haqida (QR-kodli, matrik shtrix kodli) elektron xabarnoma yuboradi.
Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllash toʻg‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida Gʻaznachilik boʻlimi tomonidan ortiqcha toʻlov summasi arizachining bank plastik kartasiga qaytariladi.
Maʼlumot uchun: bugungi kunda my.soliq.uz (my3.soliq.uz) portalidagi jismoniy shaxslar shaxsiy kabineti orqali daromad soligʻidan ortiqcha toʻlovni qaytarib olish imkoniyati mavjud.