Joriy yil 1-maydan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan 5 turdagi mahsulotlarni (qoʻy goʻshti, parranda goʻshti, mol goʻshti, tuxum hamda oʻsimlik yogʻi) sotib olganda xarid summasidan 1% miqdordagi keshbek oʻrniga, 12% QQS (ijtimoiy keshbek) summasini qaytarib oladi.
Ayni paytgacha 84 714 nafar iste'molchiga 3 mlrd 652 mln so‘mdan ortiq ijtimoiy keshbek to‘lab berildi.
Xususan:
Avgust oyi cheklari uchun keshbek sentabr oyining 25-sanasidan so‘ng tasdiqlanadi.
Keshbek olish uchun Soliq mobil ilovasida xarid chekining QR-kodini skaner qilish lozim.