Koʻkdala tumani soliq inspeksiyasi binosi zamonaviy koʻrinishda qad rostladi. O‘tgan yili Ko‘kdala tumanining Xo‘jaobod qishlog‘ida Soliq qo‘mitasi homiyligida 240 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi foydalanishga topshirilgan edi.
Tumandagi kattayu kichikni xursand qilgan ushbu inshoot qatoriga yana bir yangi obyekt – soliq inspeksiyasi binosi ham qo‘shildi.
Shu munosabat bilan, soliq inspeksiyasining yangi binosida tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.
Unda Qashqadaryo viloyati hokimi M.Azimov va hududiy soliq xizmati organlari masʼullari ishtirok etdi. Tadbirda M.Azimov soʻzga chiqib, yangi binoda soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish uchun barcha sharoitlar yaratilganini qayd etdi.
Endilikda, shinam xizmat xonalarida tadbirkor va soliq organlarining oʻzaro ishonch ustiga qurilgan hamkorligini yanada mustahkamlash lozimligini taʼkidladi.
Yangi binoda soliq toʻlovchilarga soliq inspeksiyasining 30 nafar malakali xodimlari xizmat koʻrsatmoqda.
– Soʻnggi yillarda soliq idoralari tadbirkorga koʻmakchi tamoyili asosida faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning maslahatchisi sifatida faoliyatida yordam berib kelmoqda, – deydi Koʻkdala tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi F.Muxammadiyev. – Endi yangi binoda ahil jamoamiz bilan soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirishga harkat qilamiz.
Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati