O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan davlat bojini undirish hamda ularni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” gi farmonni imzoladi.
Unga muvofiq, konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarga daromad solig‘ini deklaratsiya asosida yoki qatʼiy belgilangan miqdorda to‘lash huquqini berildi.
2024-yil 1-yanvardan boshlab xonandalardan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab qolgan ijrochilardan daromad solig‘ini faqat deklaratsiya asosida undiriladi.
Deklaratsiya asosida soliq to‘lashni tanlagan ijrochilar uchun:
Qatʼiy belgilangan miqdordagi soliq to‘lashni tanlagan ijrochilardan daromad solig‘i bir yilda bir marta quyidagi miqdorlarda undiriladi:
2024-yil 1-yanvarga qadar III reyting guruhi ijrochilari qatʼiy belgilangan miqdordagi soliq to‘lashdan ozod etiladi.
2025-yil 1-yanvarga qadar konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar mehnat shartnomasi asosida band bo‘lmagan taqdirda, ulardan konsert-tomosha faoliyati bo‘yicha ijtimoiy soliq bir yilda BHMning bir baravari miqdorida undiriladi.
Konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarning yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishdan olgan daromadlaridan, ular tomonidan tanlangan soliq rejimidan qatʼiy nazar, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lov manbaida ushlab qolinadi.
Yuridik shaxs tashkil etgan holda konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi ijodiy jamoalar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqni yuridik shaxslar uchun o‘rnatilgan tartibda to‘laydi.