Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish uchun Vazirlar Mahkamasining 595-son (22.09.2021) qaroriga muvofiq “Mening holatimni tekshirish” oynasi yaratilgan.
🔴 “Mening holatimni tekshirish” oynasida rahbarning yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsning shaxsi my.mehnat.uz saytida (“YAMMT” IDAK) tasdiqlanmaganligi soliq xavfining yuqori darajasi hisoblanishi va QQS guvohnomasining to‘xtatilishiga sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan. Bu borada bizda hech qanday muammo yo‘q, barcha ma’lumotlar o‘z vaqtida, to‘g‘’ri va aniq kiritilgan. Shunday bo‘lsada, bizning korxonamiz ushbu mezon bo‘yicha yuqori xavf darajasida ekanligilining sababi nimada?
🔵 Rahbarning yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlar “Yagona milliy mehnat tizimi”da tasdiqlanishi kerak. Siz 8-shaklni to‘ldirishingiz va soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborishingiz lozim. Bunda, soliq organlarida ro‘yxatda olingan korxona rahbari va my.mehnat.uz saytida ro‘yxatdan o’tkazilgan korxona rahbarining shaxsiy identifikatsiya raqami bir xil bo‘lishi lozim. (JSHSHIR – bu fuqarolik pasportingizni quyi qismidagi 14 raqam).
___________________
🔴 Biz xususiy korxona shaklida faoliyat yuritamiz, shaxsiy kabinetdagi “Mening holatimni tekshirish” oynasida 4-mezon bo‘yicha qizil belgi paydo bo‘lgan. Biz binoni ijaraga olganmiz, ijaraga beruvchi MChJ bilan ijara shartnomasi mavjud. Muammo nimada?
🔵Ushbu holatda yuridik shaxslar ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida E-ijara (ijara.soliq.uz) interaktiv xizmati orqali elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim. Ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish IJARAGA BERUVCHI tomonidan amalga oshiriladi.
___________________
🔴 Men jismoniy shaxs sifatida ko’chmas mulkimni ijaraga beraman. “E-ijara”da ijara shartnomasini to‘ldirishda tasodifan 2 marta tasdiqlash belgisini bosdim. Natijada bitta shartnoma ikki marta ro‘yxatga olindi. Bu holatda nima qilishim kerak?
🔵 Hozirda E-ijara (ijara.soliq.uz) xizmatida shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni bekor qilish imkoniyati mavjud. Sizning holatingizda, IJARAGA BERUVCHI ijaralar ro‘yxati menyusidan tasdiqlanganlar bo‘limidagi ko‘rish tugmasi orqali ijara shartnomasini Davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi to‘grisidagi GUVOHNOMA shaklini ochib, bekor qilish tugmasidan foydalangan holda ushbu Guvohnomani bekor qilishi lozim. Guvohnoma IJARAGA OLUVCHI tomonidan tasdiqlagandan keyin bekor qilinadi.
___________________
🔴 “Mening holatimni tekshirish” oynasining 14-bandiga ko‘ra, “oxirgi o‘n ikki oy ichida soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik holatlari mavjud bo‘lganligi” xavfi yuqori bo‘lgan mezonga kiritilgan. Barcha hisobotlarni o‘z vaqtida va kechiktirmasdan topshirilishini qanday hal etish mumkin?
🔵 Oxirgi 12 oy ichida soliq hisobotlari kech topshirilgan taqdirda ushbu band faol bo‘ladi. Shunga ko‘ra, holat keyingi soliq davridan (yil) o‘zgaradi.
__________________
🔴Jismoniy shaxs uchun ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazishda, yashash joyi ko‘rsatiladimi, ijaraga beruvchining telefoniga ijara shrtnoma tuzilganligini tasdiqlovchi SMS keladimi?
🔵 E-ijara (ijara.soliq.uz) tizimida ijara shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tgan manzili avtomat shakllanadi. (Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tgan joyi boshqa bo‘lib, yashash joyi boshqa bo‘lgan fuqarolar uchun alohida yashash manzilini kiritish imkoni bor). Hozirda SMS-xabarlarni yuborish ko‘zda tutilmagan.