Hududiy
organlar

Bankdagi hisob raqamlarning toʻxtatilishi toʻgʻrisida maʼlumot olish xizmati qanday ishlaydi?

15/04/2024

Soliq toʻlovchilar tomonidan foydalanilayotgan soliq xizmatlari sifatini oshirish va ularga qulayliklar yaratish maqsadida elektron soliq xizmatlari (my3.soliq.uz) portalida “Bankdagi hisob raqamlarning toʻxtatilishi toʻgʻrisida maʼlumot” xizmati amaliyotga joriy qilingan.

Ushbu xizmat orqali soliq bank hisobraqamlarining toʻxtatilishi toʻgʻrisida onlayn ravishda maʼlumotlarni olish imkoniyati yaratilgan.

1. Bu xizmatdan foydalanish uchun shaxsiy kabinetning “Xizmatlar” boʻlimiga kiriladi.

 

2. Xizmatlar menyusidan “Bankdagi hisob raqamlarning toʻxtatilishi toʻgʻrisida maʼlumot” boʻlimi tanlanadi. Ushbu boʻlimda soliq toʻlovchining barcha bank hisobraqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilgan. 


3. Ushbu xizmatda bank xisobraqamining yopilishi sababi yani huquqbuzarlik turini koʻrish mumkin.

 

4. Shuningdek, bankdagi hisobraqamining toʻxtatish yoki ochish toʻgʻrisidagi qaror  sanasi va raqami haqida maʼlumotlar ham aks ettiriladi. 


5. Bunda soliq toʻlovchi tomonidan dasturda koʻrsatilgan huquqbuzarlik bartaraf etilgandan soʻng, uning bank hiobraqami avtomatik faol holatga oʻtadi. 

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2024-yil II chorakda Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring