Yangi interaktiv taqvim har bir soliq to‘lovchining soliq majburiyatlariga moslashtirilgan bo‘lib, tadbirkorlik subyektlarining soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etishi haqida ma’lumot berib boradi.
“Mening taqvimim” boʻlimida oʻz vaqtida taqdim etilgan hisobotlar, kelgusi hisobotlar, shuningdek, taqdim etilmagan hisobotlar haqida batafsil maʼlumotlar aks etadi.
Yaqin kunlarda interaktiv taqvim haqida onlayn-seminar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu seminarda sizlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob beradi. Savollaringizni
- Soliq qo‘mitasining soliq.uz sayti,
- yoki Soliq mobil ilovasidagi "Bizga xabar yuboring" qayta aloqa tizimi orqali yo‘llang.
*interaktiv taqvim test rejimida ishlamoqda.