Davlat soliq qo‘mitasi yutuqli chek o‘yinlarining 2021-yildagi 10-tiraji 28-oktabr kuni sahro bag‘ridagi javohir – Navoiy shahrida o‘tkazildi. Navbatdagi tirajda onlayn nazorat-kassa texnikalaridan berilgan 166 mingdan ziyod chek ishtirok etdi.
O‘yin ochiq va shaffof tarzda 18:00dan boshlab “O‘zbekiston” telekanali va rasmiy saytida to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi. Unda davlat va nodavlat tashkilot vakillari, jurnalistlar, estrada artistlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.
Super yutuq – Spark avtomashinasini atiga 10 ming so‘mlik xarid cheki evaziga Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida istiqomat qiluvchi isteʼmolchi qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Toshkent shahri, Buxoro viloyatining Kogon tumani, Sirdaryo viloyatining Mirzaobod, Oqoltin tumanlari va Shirin shahri, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov, Do‘stlik, Baxmal tumanlari, Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani isteʼmolchilari ham bu galgi tiraj g‘oliblari safidan joy oldi.
Har bir tiraj yakuni bilan sovrindorlarga bir kun muddatda tashkilotchilar tomonidan cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazgan telefon raqami orqali g‘olib bo‘lganligi haqida SMS xabarnoma yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, g‘oliblardan sovrin uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i olinmaydi.
G‘oliblar ro‘yxati
Hurmatli isteʼmolchilar siz ham yutuqli o‘yinda ishtirok eting va Spark avtomobili yoki boshqa qimmatbaho sovrinlar sohibi bo‘lish imkoniga ega bo‘ling. O‘yinda ishtirok etish juda ham oson va mutlaqo bepul. Siz shunchaki, onlayn-NKM va virtual kassadan berilgan cheklarning QR-kodini Soliq, PayMe, Click mobil ilovalarida skaner qiling yoki 12 sondan iborat fiskal belgisini 1077 raqamiga SMS tarzda yuboring.
Eslatma! Bir kunda bitta savdo nuqtasidan faqat ikkita chekni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.