2022-yil 1-yanvardan naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlik subyektlari onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanishga o‘tdi PF-5813.
Bunda, tadbirkorlik subyektlariga onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan shtrix-kodlar va raqamli markirovkani to‘g‘ri o‘qish va aniqlashni taʼminlovchi maxsus qurilmalar (2D-skanerlar, maʼlumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) hamda onlayn nazorat-kassa mashinalarining har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga kamaytirish huquqi berilgan (PQ-5252-son 4.10.2021).
Mazkur huquqdan foydalanishda xarajatlarni:
– foyda solig‘i summasiga;
– aylanmadan olinadigan soliq summasiga;
– YaTTlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasiga
bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirish tarzida foydalanish mumkin.
Imtiyoz 2023-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz: 2022-yil 1-yanvardan onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari aks ettirilishi shart.