Ҳудудий
органлар

O‘tkazilgan soliq auditi natijalari

15/04/2024

2024-yil yanvar-mart oylarida soliq auditi jami soliq toʻlovchilarning faqat 0,04%ida oʻtkazilgan. 


Joriy yilning mart oyida soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni toʻlamaslik xavfi yuqori boʻlgan 23 ta tadbirkorlik subyektida soliq auditi oʻtkazildi. Bu ushbu davrda faoliyat koʻrsatgan jami soliq toʻlovchilarning (563,3 ming) 0,004 foizini tashkil etadi.

▫️Aniqlangan soliq xavfi summasi – 188,1 mlrd soʻm;

▫️Soliq auditida aniqlanlangan summa – 497,9 mlrd soʻm.  

  • Soliq auditida aniqlangan summa sohalar kesimida: 
    • savdo va umumiy ovqatlanish – 216 mlrd soʻm (43,4%); 
    • qurilish – 95,7 mlrd soʻm (19,2%); 
    • xizmat ko‘rsatish – 81,4 mlrd so‘m (16,4%);
    • ishlab chiqarish – 57,8 mlrd soʻm (11,6%); 
    • qishloq xoʻjaligi – 34 mlrd soʻm (6,8%);
    • transport – 6,3 mlrd soʻm (1,3%);  
    • boshqa sohalar– 6,7 mlrd soʻm (1,3%). 

Oʻtkazilgan soliq auditlarida 89 ta soliq toʻlovchida 481,6 mlrd soʻmlik soliq bazasi yashirilgan: 

  • 53 ta subyektda 270,4 mlrd soʻmlik realizatsiya qilingan tovarlar summasi koʻrsatilmagan;
  • 16 ta subyektda 125,7 mlrd soʻmlik tovarlar inventarizatsiya paytida ombor yoki realizatsiya joyida mavjud boʻlmagan;
  • 20 ta subyektda 85,5 mlrd soʻmlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va (yoki) realizatsiya qilingan.

Bugungi kunga, aniqlangan soliq summalaridan toʻlov muddati kelgan 173,2 mlrd soʻmning 60,9 mlrd soʻmi (35,2%) toʻlab berildi. 

Soliq auditi boshqarmasi

Асосий кўрсаткичлар

Барчасини кўриш

Солиқ идораларига мурожаатлар

2024 йил II чоракда Ягона рақамга қилинган мурожаатларга берилган жавоблар бўйича қўйилган баҳолар
  • 1 баҳо
  • 2 баҳо
  • 3 баҳо
  • 4 баҳо
  • 5 баҳо
Барчасини кўриш
Фикрингизни қолдиринг
Powered by GSpeech

Энг муҳим янгиликларни биринчи бўлиб олишни xоҳлайсизми? Билдиришномаларга обуна бўлинг!

Бизга хабар юборинг