O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy apparatida DSQ huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Navbatdagi yig‘ilish DSQ huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisini saylash hamda kelgusida hamkorlikda o‘tkaziladigan tadbirlarni rejalashtirish muhokamasiga bag‘ishlandi.
Jamoatchilik kengashi aʼzolarinig 18 nafari (90%), shu jumladan, ayrimlari masofadan turib ZOOM orqali ishtirok etdi.
Jamoatchilik kengashi aʼzolari rais lavozimiga bir necha nomzodlarni taklif qildi.
Jamoatchilik kengashi aʼzolarining ko‘pchilik qismi (75%) M.Perper nomzodi uchun ovoz berdi. U DSQ huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi etib saylandi va jamoatchilik kengashi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Mixail Markovich Perper “Norma” hamda “Soliq va bojxona xabarlari” gazetalari bosh muharriri, shuningdek, soliq maʼmuriyatchiligi sohasida katta tajribaga ega mutaxassis.
Yig‘ilishida Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev va uning o‘rinbosarlari, DSQ markaziy apparati tuzilma rahbarlari ishtirok etdi.
Shuningdek, keyingi yig‘ilishlarni Fiskal institutda DSQ rahbariyati va mutaxassislari ishtirokida muntazam ravishda o‘tkazib borishga kelishib olindi.
DSQ huzuridagi Jamoatchilik kengashi