Markaziy apparat
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
"Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini izchil qo‘llashni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 1-apreldan boshlab paxta xomashyosi va undan tayyorlanadigan barcha turdagi mahsulotlar bo‘yicha EHFni rasmiylashtirish chog‘ida bir vaqtning o‘zida tovar-transport yuk xatini (TTY) rasmiylashtirish ham talab etiladi. Bunda:
ushbu mahsulot turlarining ro‘yxati Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi (tovarlar va xizmatlar) kodlari asosida Soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi;
2025-yil 1-apreldan keyin omborlarda saqlanayotgan tovar-moddiy zaxiralarning EHF va TTY rasmiylashtirilmagan qoldiqlari soliq organlari tomonidan hisobga olinmaydi (inventarizatsiyadan o‘tkazilmaydi) va soliq solish maqsadida soliq to‘lovchining omborida mavjud emas deb hisoblanadi hamda soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) sifatida baholanadi.
Tadbirkorlik subyektlari ushbu muddatda paxta xomashyosi va undan qayta ishlangan mahsulotlar bo‘yicha mavjud tovar-moddiy zaxiralar haqidagi barcha ma’lumotlarni soliq organlari ma’lumotlar bazasiga kiritilishini ta’minlashlari shart.
Soliq qo‘mitasiga ikki oy ichida tadbirkorlik subyektlariga o‘z hisobotlari asosida qolgan tovarlarning turi va miqdorini ko‘rsatish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotni ishga tushirish vazifasi topshirildi.
Ma’lumot uchun: 2024-yil 1-apreldan yirik soliq to‘lovchilar uchun, 2024-yil 1-iyuldan esa barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etildi.
Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!