Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Professional hamjamiyat, biznes va DSQ Jamoatchilik kengashi aʼzolari ishtirokida uchrashuv

27/01/2022

2022-yil 27-yanvar kuni Davlat soliq qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mutaxassislari, Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik kengashi aʼzolari, soliq maslahatchilari, buxgalterlar va auditorlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. 

 Yig‘ilish avvalida davlat soliq xizmati organlari va biznes hamjamiyat o‘rtasida aloqalarning yetarli emasligi hamda zarur maʼlumotlar to‘liq almashilmayotgani soliq to‘lovchilarning soliq maʼmuriyatchiligining raqamli transformatsiyasi va soliqqa tortish sohasidagi o‘zgarishlarni noto‘g‘ri tushunishlariga sabab bo‘layotgani taʼkidlandi.

Jamoatchilik fikrini o‘rganish natijalariga ko‘ra, fikr-mulohazalarni operativ tarzda olish maqsadida ixtisoslashgan mutaxassislar, auditor va soliq maslahatchilari, tadbirkorlik subyektlari va OAV vakillari ishtirokida muntazam ravishda mavzuga oid suhbatlar o‘tkazishga qaror qilindi.

 Davra suhbati ishtirokchilari yangi o‘zgarishlar bilan tanishtirildi

Tadbir davomida soliq to‘lovchilarga avtomatlashtirilgan tizimlar va xizmatlardan foydalanish tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida maʼlumot berildi. 


Xususan, “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish ixtiyoriy bo‘lishi aytildi. 2022-yil 1-apreldan «E-aktiv” dasturida faqat 4 toifadagi tovarlar – sement, shisha, yog‘och va paxta bo‘yicha operatsiyalar aks ettiriladi. Boshqa mahsulot guruhlarini hisobga olish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi – har chorakda bir nechta mahsulotlar bo‘yicha. “E-aktiv” tizimi “tovarsiz” operatsiyalarning oldini olishga xizmat qilishi ham taʼkidlandi. 

Davlat soliq xizmati organlari bu borada biznes, jamoatchilik va OAV vakillari bilan faol hamkorlik qilib, konstruktiv muloqot olib borishga tayyor.

“E-aktiv” AATdan foydalanmaganlik hamda tovarga (xizmat) mos kelmaydigan mahsulot va xizmat indentifikatsiya kodlari (MXIK)ni noto‘g‘ri ko‘rsatganlik uchun javobgarlik choralarini qo‘llamaslik 2022-yil 1-sentabrga qadar uzaytirildi. 

Shuningdek, mahsulot va xizmatlar uchun kodlarni biriktirish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi taʼkidlandi. Agar tovarlar va xizmatlar tasniflamasa va identifikasiya qilinmasa, unda bozorni kuzatish va tahlil qilish jarayonlari, shuningdek rivojlanish darajasini va zarur mahsulotlar bilan to‘yinganligini samarali baholash murakkablashadi. 

Faqat qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchilariga taalluqli xavflarni tahlil qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga alohida eʼtibor qaratildi. Mazkur tizim 2021-yilning sentabr oyida test rejimida joriy qilingan. Avtomatlashtirilgan tizim yordamida soliq to‘lovchilar Vazirlar Mahkamasining 595-son qarori kuchga kirgunga qadar 3 oy davomida 18 ta mezon bo‘yicha xavf omillarini bartaraf etishlari mumkin edi.

2023-yil 1-yanvarga qadar soliq xavfi darajalarining quyidagi mezonlarini qo‘llash to‘xtatilgani maʼlum qilindi.

Soliq xavfining yuqori darajasi bo‘yicha uchta mezon:

– rahbar shaxsining yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsning YaMMT da tasdiqlanmaganligi;

– o‘z ko‘chmas mulki, ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan ko‘chmas mulki yo‘qligi;

– soliq to‘lovchining manzili nominal joylashgan joy manzili bilan to‘g‘ri kelishi (18 kvadrat metrdan kam);

Soliq xavfining o‘rta darajasi bo‘yicha ikkita mezon:

– oxirgi o‘n ikki oy ichida soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik holatlari mavjudligi;

– yollanma ishchilari yo‘qligi yoki 4 nafardan kamligi.

Soliq xavfi mezonlarining yuqorida keltirilgan 3 ta yuqori darajasi aniqlanganda, QQS guvohnomasining amal qilish muddati to‘xtatilmaydi. Shuningdek, qayd etilgan soliq xavfining 2 ta o‘rta darajasi ham soliq nazorati o‘tkazish uchun asos bo‘lmaydi.

Ushbu mezonlarni to‘xtatib turish yirik soliq to‘lovchilar va QQS to‘lovchi sifatida yangi ro‘yxatdan o‘tganlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Muhokama chog‘ida 69 ming soliq to‘lovchi yuridik shaxsdan 21 mingtasi ko‘chmas mulk qiymatini haqqoniy aks ettirayotgani va muntazam ravishda soliq to‘lab kelayotgani taʼkidlandi. Soliq solish maqsadlarida 1 kv.m uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatlarning joriy etilishi bozorning barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratish uchun zarur chora hisoblanadi.

Butun respublika miqyosida soliq yukining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan kamaytiruvchi koeffitsiyentlar keng qo‘llaniladi.

Yagona mol-mulk majmuining bir qismi hisoblangan holda (mustaqil) turuvchi bino yoki inshootlarda alohida baholash o‘tkazish mumkin.

Bundan tashqari, 1 kv.m. uchun minimal qiymat suv haydash minoralari, rezervuarlar, soyabonlar, beton maydonchalar va devorlar (bordyurlar) hamda boshqa shunga o‘xshash obyektlarga tatbiq etilmaydi.

Soliq to‘lovchi tomonidan 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasini aniqlash uchun qabul qilinadi. 


Biznes hamjamiyat bilan konstruktiv muloqot

O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi vakilasi, DSQ Jamoatchilik kengashi aʼzosi Svetlana Golosova soliq zanjiri uzilishlarini qo‘llashni "to‘xtatib turish" va zaruriy takomillashtirishlar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.


Mutaxassislarning taʼkidlashicha, shu vaqtgacha soliq to‘lovchining kontragentini baholash mexanizmi mavjud bo‘lmagan. Hozirgi vaqtda soliq uzilishlari zanjiri faqat informatsion xarakterga ega va u soliq javobgarligi choralarini ko‘rish va QQSni qoplashda hisobga olinmaydi. Kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, uzilish koeffitsiyentini aniqlash formulasiga soliq imtiyozlari berish nuqtai nazaridan o‘zgartirishlar kiritiladi. 

Soliq uzilishi koeffitsiyenti ham QQS to‘lovchining tahlika-tahlil tizimi bilan o‘zaro bog‘liq emas. 

Elektron hujjat aylanishi operatori vakili Asqar Ismoilov MXIKni joriy etish bo‘yicha rouming operatorlari bilan operativ hamkorlikni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Davlat soliq qo‘mitasining tegishli boshqarmalari rahbarlariga amaliy yordam ko‘rsatish uchun mutaxassislarni aniqlash topshirildi. 


Buxgalteriya hisobi bo‘yicha konsalting kompaniyasi asoschisi Natalya Turalinova “E-aktiv” tizimida faqat miqdoriy hisoblarni yuritish va tovarlarning pul qiymatidan voz kechish taklifi bilan chiqdi. Shuningdek, u joriy etilgan axborot tizimlaridan foydalanishda ish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish orqali qiyinchiliklarning oldini olish mumkinligini taʼkidladi. 


Soliq maslahatchisi Nargiza Boltaxo‘jayeva “E-ijara” xizmatida xorijiy fuqarolar – jismoniy shaxslar bilan tuzilgan ijara shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va doimiy muassasa orqali faoliyat yuritmaydigan norezidentlarning mol-mulk solig‘i hisobini taqdim etish masalalarini ko‘tardi. 


Masʼul shaxslarga JShShIR kiritilgandan so‘ng valyuta tanlash imkoniyatini texnik topshiriqlarga kiritish va zarur maʼlumotlarni aks ettirish bilan bog‘liq kamchiliklarni bartaraf etish topshirildi. Shuningdek, yaqin kelajakda ijara haqini bazaviy hisoblash miqdori (BHM) asosida avtomatik ravishda hisoblash algoritmini ishlab chiqishga qaror qilindi. 


Renta solig‘i bo‘yicha batafsil tushuntirish va ko‘rsatmalar tayyorlash taklif etildi.

Tadbir yakuni bo‘yicha DSQ tuzilmalari rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2024-yil III chorakda Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring