Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar — qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlardir.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar quyidagilarga bo‘linadi:
- sug‘oriladigan;
- sug‘orilmaydigan (lalmikor);
- haydaladigan yerlar; ▫️pichanzorlar;
- yaylovlar;
- ko‘p yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlar.
Yer kodeksi 8-modda Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95% miqdorda belgilanadi.
Soliq kodeksi 429-modda Soliq toʻlash muddatlari: ▪️hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi; ▪️hisobot yilining 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.
Soliq kodeksi 432-modda Soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan bu yilgi soliq toʻlash muddati 4-sentabrga koʻchirildi.