Avval xabar qilinganidek, Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogida Qurilish resurslari milliy klassifikatori bilan integratsiya qilinishi natijasida 172 mingta qurilish materiallarining identifikatsion kodlari (MXIK) yaratilgan.
Shuningdek, GS1 Uzbekistan global xalqaro mahsulot raqamlash tizimi maʼlumotlar bazasi va soliq toʻlovchilar so'rovnomasi asosida 11,3 mingta MXIK yaratilgan. Natijada, 183,3 mingta MXIKga Klassifikatorda oʻrnatilgan qatʼiy oʻlchov birliklari biriktirildi.
Shu munosabat bilan endilikda qurilish materiallarini elektron hisobvaraq-fakturalar orqali realizatsiya qilishda, Qurilish resurslari milliy klassifikatorida ko‘rsatilgan o‘lchov birliklaridan foydalaniladi.
Qurilish materiallarining MXIKlari va ularga biriktirilgan oʻlchov birliklari boʻyicha savollar yuzaga kelsa, Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin:
(+998) 94 733-34-33, 97 421-60-09
(+998) 71 244-96-21, 71 244-51-84
Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma'muriyatchiligi boshqarmasi
"Yangi texnologiyalar" IAM