Qurilish materiallarining identifikatsiya kodlari (MXIK) "Qurilish materiallari milliy klassifikatori" bilan unifikatsiya qilinayotganligi hamda ularga qatʼiy oʻlchov birliklari biriktirilayotganligi toʻgʻrisida Soliq qoʻmitasi tomonidan oʻtgan 2 oy davomida bir necha bor xabar berilgan.
Soliq toʻlovchilarga 10-noyabrdan avval mavjud boʻlgan umumiy MXIKlar nofaol holatga oʻtkazilishi haqida maʼlum qilindi.
Ushbu mavzu boʻyicha savollari yuzaga kelgan tadbirkorlik subyektlari koʻrsatilgan telefon raqamlari orqali Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga murojaat qilishlari mumkin.
Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining xati asosida MXIKlar roʻyxati yangilandi.
Soliq toʻlovchilarga amaliy yordam berish maqsadida video qoʻllanmalar tayyorlandi:
Qurilish materiallari MXIKlari boʻyicha savollar yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining quyidagi raqamlariga murojaat qiling:
71 210 11 04 (ichki 6005, 6006, 6007)