Shu davrda rasman 5,4 mln nafarga yaqin xodimga ish haqi hisoblangan.
O‘rtacha oylik ish haqi qariyb 2,8 mln so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda.
2022-yil I yarmida qaysi soha vakillari eng ko‘p ish haqi olgan?
Davlat soliq xizmati organlari ma'lumotlari asosida joriy yilning birinchi yarmida jismoniy shaxslarning ish haqi ko‘rinishidagi daromadlari sohalar kesimida tahlil qilindi.
Unga ko‘ra ilmiy va texnik sohada faoliyat olib borayotgan xodimlarga o‘rta hisobda 2,7 mln so‘mdan ish haqi to‘lanadi. Ta'lim sohasi vakillariga esa o‘rtacha 2,67 mln so‘mdan oylik hisoblangan.