Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev XVJ mutaxassisi – soliq huquqi professori Rita de la Feriya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muhokama chogʻida, birinchi navbatda, soʻnggi yillarda soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirishning asosiy masalalari, shuningdek, Fiskal institut talabalari uchun oʻquv-amaliy tadbirlarni, soliq idoralari xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi. Bu vazifalarning ahamiyati va dolzarbligi soliq sohasini faol raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion dasturiy mahsulotlarni keng joriy etish natijasida hududiy soliq organlari xodimlarni va yosh mutaxassislarning soliq ma'muriyatchiligining yangi vositalaridan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari tezkor va sifatli o‘qitish zarurati yuzaga kelganidadir.
Rita de la Feria, birinchi navbatda, qo‘mirta Raisiga shaxsan uchrashish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirdi va soliq sohasiga joriy etilgan “haqiqatan ham hayratlanarli” IT tizimidan mamnunligini bildirdi. U O‘zbekistonda so‘nggi bor bo‘lganidan keyin 3 yil ichida respublika soliq tizimida “jiddiy o‘sish va evolyutsiya” kuzatilganini qayd etdi. Professor ma’lumotlarni real vaqt rejimida qayta ishlash bo‘yicha bunday texnologiyalar kam sonli boshqa mamlakatlarda qo‘llanilayotganini va ularning hech birida bunday ilg‘or va samarali tizim yo‘qligini ta’kidladi. Mutaxassisning fikricha, ulardan muvaffaqiyati foydalanilayotgani yaqqol ko'rinib turibdi. Uning fikricha, soliq uzilishi koeffitsiyenti ma'lum bir soliq to'lovchining xavfini baholash uchun informatsion vosita bo'lishi va shu bilan soliq organlariga yuqori soliq xavfining asosiy manbasiga nisbatan qanday choralar ko'rishlari kerakligini aniqlashda yordam berishi kerak.