Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 4 A-uy
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 79-a-uy
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Servis sohasida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish

28/04/2022

Joriy yil 28-aprel kuni Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “Servis sohasida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati, qo‘mita markaziy apparati tuzilma rahbarlari, DSQ Jamoatchilik kengashi a’zolari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Keyingi yillarda davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq qonunchiligi talablariga rioya qilish tartib-taomillarini avtomatlashtirish orqali iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish, bozorda teng raqobat sharoitlarini yaratish, halol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan izchil choralar ko‘rilmoqda.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Prezidentimizning 2021-yil 4-oktabrdagi
PQ-5252-son qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslarga xarid summasidan 1 foiz qaytarish (keshbek) amaliyotining joriy etilishi ham savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazoratini mustahkamlab, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishda muhim ahamiyat kasb etadi. (batafsil - https://t.me/soliqnews/7379)

Onlayn-NKM va virtual kassa cheklarini Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga xarid summasidan 1% keshbek to‘lash har oy yakuni bilan keyingi oyning
21-25-sanalarida amalga oshiriladi. Ya’ni, aprel oyida ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar uchun hisoblangan keshbek summasi may oyining 21-25-sanalarida to‘lovga chiqariladi.

Iste’molchilar tasdiqlangan keshbek summalarini mobil ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishi mumkin. (batafsil - https://t.me/soliqnews/7673)

Hisoblangan keshbek summasini to‘lash muddatlarini belgilashda quyidagilar inobatga olingan.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, soliq to‘lovchilar tomonidan soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlari hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasigacha etib belgilangan. Shuningdek, xarid qilingan tovarlar qaytarilgan taqdirda tadbirkorlik sub’ektlarida xarid cheklariga tuzatish kiritish imkoniyati beriladi. (batafsil - https://t.me/soliqnews/7985)

Keshbek – jamoatchilik nazorati natijalari

Keshbek amaliyotining joriy etilishi iste’molchilar orasida faollik va kutilganidek, jamoat nazorati institutini shakllanishiga olib keldi.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida iste’molchilarga onlayn nazorat-kassa texnikalaridan berilgan cheklar soni 184,6 mln tani tashkil etmoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 baravarga (80,8 mln) ko‘p demakdir. Birinchi chorak davomida onlayn-kassalardan 147,1 mln ta chek chop etilgan bo‘lsa, 2021-yil 1-choragida 80,9 mln ta chek chop etilgan. 

Iste’molchilar tomonidan joriy yil I choragi davomida 11,6 mlnta chek ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ularning umumiy xarid summasi 10,7 trln so‘mdan ziyod. Ushbu cheklarga 107,1 mlrd so‘m keshbek hisoblangan. MXIK kodi noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi yoki sotuvchi tomonidan noto‘g‘ri urilgan cheklar bekor qilinganligi sababli hisoblangan 9,5 mlrd so‘m keshbek bekor qilingan.

Iste’molchilarga to‘langan jami keshbek summasi 58,9 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan urilgan chek ma’lumotlari aks ettiriladigan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlarda chek summasi kam ko‘rsatilganligi aniqlangan kamchiliklari tuzatilishi, chek bo‘yicha hisoblangan soliqlar bo‘yicha qarzdorlik to‘lab berilishi inobatga olinib, qolgan keshbek summalari ham avtomatik tarzda to‘lab boriladi. (batafsil - https://t.me/soliqnews/8107)

Xususan, bugungi kunda:

7 244 ta tadbirkorlik sub’ekti tomonidan soliq qarzi to‘lanmaganligi sababli 7,1 mlrd so‘m;

11 437 ta tadbirkorlik sub’ekti tomonidan hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilmaganligi sababli 14,6 mlrd so‘m keshbek mablag‘lari to‘lanmasdan qolmoqda.

Shuningdek, yana 988 nafar foydalanuvchi tomonidan 62,1 mingta chek uchun hisoblangan 16,6 mlrd so‘m keshbek shubhali (quyida izoh berilmoqda) bo‘lgani sababli o‘rganish natijasidan kelib chiqib to‘lab beriladi.

Keshbek hisoblash

Xarid cheklarida mahsulot va xizmatlarning identifikasiya kodi (MXIK) to‘g‘ri ko‘rsatilgan barcha tovar (xizmat)lar uchun keshbek hisoblanadi. MXIK ko‘rsatilmagan yoki mavjud bo‘lmagan identifikasiya kodi aks ettirilgan mahsulot (tovar va xizmat)lar summasiga keshbek hisoblanmaydi.

Soliq kodeksining 223-moddasiga muvofiq, nazorat-kassa texnikasi cheklarida olingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga yoxud faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga va amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lmagan identifikasiya kodlarini aks ettirish realizasiya qilingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining 1 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

(batafsil - https://lex.uz/docs/4674902?ONDATE=01.01.2022%2000#4681479)

Shuningdek, Soliq mobil ilovasining yangilangan versiyasida “shubhali xaridor” ustidan shikoyat qilish imkoniyati yaratildi. (batafsil -https://t.me/soliqnews/7905)

Ya’ni, iste’molchi keshbekka ega bo‘lishi uchun xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazganda uni avval boshqa foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lsa, haqiqatda xaridni amalga oshirgan shaxs ushbu foydalanuvchi ustidan shikoyat yo‘llashi mumkin. Bunda bitta foydalanuvchiga nisbatan shikoyatlar soni 15 ta va undan ko‘p bo‘lsa, ushbu foydalanuvchi “shubhali xaridor” deb hisoblanadi hamda joriy oy uchun hisoblangan keshbeklari bekor qilinadi, chekni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati cheklanadi.

Bundan tashqari, keshbek amaliyoti davomida nazorat-kassa texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish markazlari (TXKM) xodimlari vazifalarini suiiste’mol qilib, o‘zgalar tomonidan amalga oshirilgan xarid uchun shakllangan cheklarni o‘z nomidan ro‘yxatdan o‘tkazish holatlari aniqlanmoqda. Xususan, 3 nafar TXKM xodimi tomonidan o‘zlari xizmat ko‘rsatayotgan 281 ta tadbirkorlik subyektining 11 mlrd so‘mlik 15,9 mingta xarid cheki ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Ushbu shaxslar tomonidan xaridni amalga oshirmasdan ro‘yxatga olingan cheklar uchun hisoblangan keshbek summasi bekor qilindi. (batafsil https://t.me/soliqnews/7573)

“Soliq hamkor” tizimi

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan halol tadbirkorlik uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, insofli tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan choralardan yana biri soliq organlariga soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan jismoniy shaxslarni mukofotlash amaliyotidir.

Fuqarolar 2022-yil 1-yanvardan boshlab “Soliq hamkor” tizimi orqali quyidagi holatlar yuzasidan xabar berganda huquqbuzarlardan undirilgan jarimaning 20 foizi miqdorida mukofotlanmoqda:

-nazorat kassa texnikasi va to‘lov terminallarini qo‘llash tartibini buzganlik;

-noqonuniy tadbirkorlik faoliyati;

-to‘lov terminallari orqali sotiladigan tovarlarning narxni sun’iy oshirish holatlari. (batafsil - https://t.me/soliqnews/7892)

Bugungi kunga qadar, 9 937 nafar fuqaro tomonidan “Soliq hamkor” orqali 46 325 ta murojaat yo‘llangan. Shundan 42 796 tasi (92%) chek bermaslik holati bo‘yicha yo‘llangan. Bank plastik kartasi orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish bo‘yicha
1 620 ta, plastik kartaga mahsulot narxini qimmatroq sotish bo‘yicha 174 ta murojaat kelib tushgan. Yana 1 735 tasi boshqa turdagi soliq huquqbuzarliklar yuzasidan yuborilgan.

Yil boshidan buyon kelib tushgan jami murojaatlarning 19 061 tasi takroran yuborilganligi sababli rad etilgan, 1 981 tasi tekshiruv jarayonida.

Bugungi kunda murojaatlarning 25 283 tasi o‘rganilgan va ularning 98 foizi (24 637 tasi) o‘z tasdig‘ini topgan. 646 ta murojaatda qayd etilgan huquqbuzarlik tasdiqlanmagan.

Soliq hamkor orqali murojaat yuborgan fuqarolarga 10 205 ta holat bo‘yicha 5,7 mlrd so‘m mukofot to‘lab berilgan.

Yuqorida qayd etilgan tadbirlar o‘z navbatida mahalliy byudjetlar daromadini sezilarli darajada oshishiga sabab bo‘lib, I chorakda aylanmadan olinadigan soliq tushumlari 622,4 mlrd so‘mni tashkil etdi yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan
1,3 barvarga, Farg‘onada 1,7 va Xorazmda 1,5 baravarga oshdi.

Davlat soliq qo‘mitasi yashirin iqtisodiyotni oshkor etishda faol ishtirok etayotgan fuqarolarga minnatdorlik bildirgan holda, qonun doirasida ishlovchi insofli soliq to‘lovchilar safi kengayishi va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli tadbirlar davom ettirilishi ma’lum qiladi.

 

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2023-yil davomida Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring