Keshbek amaliyotining jamoatchilik natijalari
Iste’molchilar tomonidan joriy yil 1-iyun holatiga yanvar-aprel oylari davomida (may-oyi uchun keshbeklarni ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi kuni 10-iyun) 168,6 mln. ta chek ro‘yxatdan o‘tkazilgan, MXIK kodi noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi yoki sotuvchi tomonidan noto‘g‘ri urilgan cheklar bekor qilinganligi sababli hisoblangan 29,6 mlrd. so‘m keshbek bekor qilingan.
Shuningdek, joriy yil boshidan iste’molchilarga to‘langan jami keshbek summasi 360,9 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda.
“Soliq hamkor” tizimi
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan halol tadbirkorlik uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, insofli tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan choralardan yana biri soliq organlariga soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan jismoniy shaxslarni mukofotlash amaliyotidir.
Fuqarolar 2022 yil 1 yanvardan boshlab "Soliq hamkor" tizimi orqali quyidagi holatlar yuzasidan xabar berganda huquqbuzarlardan undirilgan jarimaning 20 foizi miqdorida mukofotlanmoqda:
-nazorat kassa texnikasi va to'lov terminallarini qo'llash tartibini buzganlik;
-noqonuniy tadbirkorlik faoliyati;
-to'lov terminallari orqali sotiladigan tovarlarning narxni sun'iy oshirish holatlari.
Bugungi kunga qadar, 10 334 nafar fuqaro tomonidan "Soliq hamkor" orqali 61 286 ta murojaat yo'llangan. Shundan 57 202 tasi (93,3%) chek bermaslik holati bo'yicha yo'llangan. Bank plastik kartasi orqali to'lovni qabul qilishni rad etish bo'yicha 2 435 ta, plastik kartaga mahsulot narxini qimmatroq sotish bo'yicha 97 ta murojaat kelib tushgan. Yana 1 552 tasi boshqa turdagi soliq huquqbuzarliklar yuzasidan yuborilgan.
Yil boshidan buyon kelib tushgan jami murojaatlarning 34 391 tasi takroran yuborilganligi sababli rad etilgan, 4 305 tasi tekshiruv jarayonida.
Bugungi kunda murojaatlarning 22 569 tasi tekshirildi va ularning 99,9 foizi (22 482 tasi) o'z tasdig'ini topgan hamda 87 ta murojaatda qayd etilgan huquqbuzarlik tasdiqlanmagan.
Soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda topshirilishini tartibga solish.
Soliq idoralari tomonidan soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 2023-yil 1-iyun holatiga joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 15 003 ta soliq tekshiruv hujjatlari taalluqliligi boʻyicha sudlarga yuborilgan.
Shundan, 4 139 ta shaxsga nisbatan 3 369 mln.soʻm jarima qoʻllanilgan boʻlsa, birinchi martada huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkorlik subʻektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari oʻttiz kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda yoʻl qoʻygan kamchiliklarini bartaraf etganligi bois, 6 798 ta shaxs sudlar tomonidan javobgarlikdan ozod etilgan.
Hududiy soliq idoralari tomonidan taalluqliligi boʻyicha 1 227 ta shaxsga nisbatan 1 581,9 mln.soʻmlik maʻmuriy jarima qoʻllanilgan boʻlsa, shundan, 15 kunlik muddatda 1 095,5 mln.soʻmlik maʻmuriy jarima undirilgan. Qolgan 486,4 mln.soʻmlik jarimalarni majburiy tartibda undirishlik uchun Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga yuborilgan.
Yig‘ma axborot-tahlil departamenti