Markaziy apparat
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
“Oʻzbekiston Respublikasida ekologik turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi (PQ-21-son, 12.01.2024 y).
Qarorga koʻra, 2027-yil 1-yanvarga qadar:
- choʻl hududlarida rekreatsion turistik xizmatlarni koʻrsatuvchi kurort zonalarini (toifali mehmonxonalar, SPA-mehmonxonalar, sanatoriy va pansionatlar) tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlari 3 yil davomida foyda va yuridik shaxslar yer soligʻini 50 foizga kamaytirilgan stavka boʻyicha toʻlaydi;
- choʻl hududlarida tematik xiyobonlarni tashkil qilgan yuridik shaxslar tematik xiyobonlar foydalanishga topshirilgan kundan eʼtiboran 3 yil davomida yuridik shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 50 foizga kamaytirilgan stavka boʻyicha toʻlaydi.
Shuningdek, 2026-yil 1-iyulga qadar yetib borish qiyin boʻlgan va chekka joylarda* alohida avtonom infratuzilmani yaratgan holda kempinglar tashkil etgan va “safari” turizmi xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar mazkur faoliyat turi bo‘yicha hisoblangan foyda soligʻi summasining 1 %ini toʻlaydi. Ushbu imtiyoz tegishli tartibda Soliq kodeksiga kiritilgandan keyin qo‘llaniladi.
Maʼlumot uchun, bunga qadar mazkur imtiyoz, yuridik shaxslar mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha qoʻllanilar edi.
*aholi yashash punktlaridan kamida 10 km yoki qattiq qoplamali avtomobil yoʻllaridan 5 km uzoqlikdagi joylar.
Тelegram (http://t.me/soliqnews) |Facebook (https://www.fb.com/Soliqpressa/) |Youtube (https://www.youtube.com/c/Davlatsoliqqomitasi)| Instagram (https://www.instagram.com/soliqpressa/) |Twitter (https://twitter.com/soliqnews)| Threads (https://www.threads.net/@soliqpressa)
Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!