Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Soliq ma’murchiligi va soliq organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Prezident qarori loyihasi muhokamada

11/03/2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarda soliq ma’murchiligi va soliq organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Loyiha bilan soliq to‘lovchilarga qulay-shart sharoitlar yaratish hamda soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq quyidagilar 2022 – 2026 yillarda soliq organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilanmoqda:

birinchidan – soliq organlarida mijozlarga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish usullarini joriy etish, ularga ko‘maklashish, shuningdek, soliq majburiyatlarini bajarishning qulay, tushunarli va oson mexanizmlarini yaratish orqali halol soliq to‘lovchilar sonini ko‘paytirish;

ikkinchidan – eskirgan samarasiz vositalardan voz kechish asosida soliq ma’murchiligi usullarining samaradorligini oshirish, shuningdek, biznes-jarayonlarni optimallashtirish va avtomatlashtirish orqali hududiy soliq organlarini isloh qilish;

uchinchidan – raqobat muhitini rivojlantirish va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik faoliyatida soliqlar to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarini qisqartirish, soliq solishdan qochish sxemalari tezkor aniqlash asosida yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish;

to‘rtinchidan – soliq organlari faoliyatini raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlarni davom ettirish, ma’lumotlarni boshqarish va tahlil qilish texnologiyalarini joriy etish, “inson omili”ni bartaraf etish asosida avtomatlashtirilgan qarorlar qabul qilishni joriy etish;

beshinchidan – kadrlar tarkibini shakllantirishda, ayniqsa, rahbarlik lavozimlariga tayinlashda shaffof shart-sharoitlar yaratish, korrupsiyaga qarshi komplaens-nazoratni kuchaytirish, xodimlarni o‘qitish va munosib mehnat sharoitlarini yaratish orqali mustahkamlash.

Shuningdek, loyiha bilan 2022 – 2026 yillarda soliq ma’murchiligi va soliq organlarini rivojlantirish Strategiyasi hamda Strategiyani amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanmoqda.

Bundan tashqari, 2022-yil 1-iyuldan boshlab:

hududiy soliq organlarining ish jadvali soliq to‘lovchilarga qulay bo‘lgan vaqtda murojaat qilish imkoniyatini hisobga olgan holda moslashuvchan tarzda belgilanishi;

soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan xizmatlar ro‘yxatiga muvofiq eksterritoriallik tamoyili asosida amalga oshirilishi;

soliq organlari jismoniy shaxslarga mol-mulk va yer uchastkasi bo‘yicha hisoblangan soliq summasi to‘g‘risida faqat soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yoki uning telefon raqamiga elektron xabar (SMS) yuborish “Elektron hukumat xizmatlari haqida axborot berish va xabardor qilish tizimi” orqali amalga oshirilishi belgilanmoqda.

2023-yil 1-yanvardan boshlab soliq organlari tomonidan ariza beruvchilarga muayyan bitim bo‘yicha soliqqa tortish va uning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan soliq oqibatlari dastlabki baholash to‘g‘risida “Tax rulling” tamoyili asosida xulosalar berish tartibi joriy etilib, bunda soliq organlari tomonidan kelgusi 3 yil mobaynida ushbu xulosaga o‘zgartirish kiritish imkoniyati berilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga 2022-yil 1-iyulga qadar soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga soliq organlarining xabarlari (xabarnomalari) yuborilganligi to‘g‘risida uning shaxsiy kabinetida ro‘yxatdan o‘tgan mobil telefon raqamlariga SMS-xabarlar yuborish orqali soliq to‘lovchilarni xabardor qilish mexanizmini joriy etish;

2022-yil 1-dekabrga qadar soliq to‘lovchiga hisob siyosati loyihasini ishlab chiqish va bepul taqdim etishning avtomatlashtirilgan tizimini, shu jumladan soliq qonunchiligidan farq qiluvchi asosiy holatlarni aks ettirishni nazarda tutuvchi “Tashkilotning hisob siyosati” elektron platformasini ishlab chiqish va joriy etish topshirilmoqda.

Shuningdek, loyihada 2022-yil 1-iyundan o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini kengaytirish nazarda tutilgan.

 

Loyiha muhokamasi joriy yil 24-martgacha davom etadi. 

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2024-yil III chorakda Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring