2022-yilda 325 513 koʻchmas mulk ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qoʻyildi.
Jismoniy shaxslar oʻrtasida tuzilgan 223,5 mingta ijara shartnomalari asosida 159,3 mlrd soʻm daromad soligʻi hisoblanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 27,8 foizga va hisoblangan daromad soligʻi summasi 44,3 foizga oshgan.
Talabalar bilan 47 730 ta ijara shartnomasi tuzilgan bo‘lib, ijarada turuvchi talabalar soni jami 79 989 nafarni tashkil etdi.
Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad soligʻidan 12,7 mlrd soʻmdan ortiq imtiyoz qoʻllanilgan.
Eslatib o‘tamiz! 2022-yil 1-yanvardan yuridik shaxslar ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida elektron shaklda hisobga qo‘yishi belgilangan.