Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Soliq organlarining hujjatlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qanday shikoyat qilinadi?

20/05/2022

Har bir shaxs soliq organlarining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatlari, mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ushbu shaxsning fikriga ko‘ra o‘z huquqlarini buzish deb hisoblasa ularning ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.

Normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatlar nima?

Soliq organlarining bir yoki bir nechta jismoniy yoki yuridik shaxsga qaratilgan, yuridik ahamiyatga molik muayyan harakatlarni sodir etishga undovchi ko‘rsatmasi mavjud bo‘lgan hujjat soliq organining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjati deb e’tirof etiladi.

Qayerga shikoyat qilish kerak?

Agar normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjat tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, u holda hududiy davlat soliq boshqarmasiga shikoyat yuboshish lozim.

Agar normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjat shahar yoki viloyat hududiy davlat soliq boshqarmasi tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, u holda Davlat soliq qo‘mitasiga shikoyat yo‘llash mumkin.

Sayyor soliq tekshiruvi yoki soliq auditi natijalari bo‘yicha soliq organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish uchun qarori (harakati, harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organiga murojaat qilish lozim.

Muhim! Qaror bo‘yicha shikoyat soliq organi tomonidan u kelib tushgan kundan boshlab 15 kundan 45 kungacha bolgan muddatda qabul qilinadi.

Soliq to‘lovchi sudga qachon murojaat qilishi mumkin?

Soliq organining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlari ustidan sud tartibida shikoyat qilish faqat yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilinganidan keyingina mumkin bo‘ladi.

Agar shaxs yuqori turuvchi soliq organlarining qarorlaridan norozi bo‘lsa yoki yuqori turuvchi soliq organi tomonidan belgilangan muddatda shikoyatni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha qaror qabul qilinmasa, u holda ham soliq to‘lovchi sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.

DSQning normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan ham sud tartibida shikoyat qilinadi.

Soliq organlarining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga berilgan shikoyat qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va hal etiladi.

Shikoyat bildirilgan qarorga nima bo‘ladi?

Shikoyatni ko'rib chiqish jarayonida shikoyat qilingan qaror yoki harakatning bajarilishi to‘xtatiladi, shu jumladan, yuqori soliq organi yoki sud shikoyat bo'yicha qaror qabul qilgunga qadar va u qonuniy kuchga kirgunga qadar:

  • qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va yig‘imlar undirilishi;
  •  moliyaviy sanksiyalar qo‘llanililishi to‘xtatib turiladi.

Bunday holda, soliq to‘lovchi qaysi soliq organining qarori yoki mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilayotgan bo‘lsa, o‘sha soliq organini shikoyat berganligi to‘g‘risida tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart.

Agar soliq organining sayyor soliq tekshiruvi yoki soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan bekor qilinsa, ushbu qaror bo‘yicha soliqlarning va moliyaviy sanksiyalarning undirilgan (to‘langan) summalari qaytariladi.

Shikoyatni qaytarib olish mumkinmi?

Shikoyat bergan shaxs shikoyatni ko‘rib chiqayotgan soliq organiga yozma ariza yuborish orqali chaqirib olish huquqiga ega. Shikoyat chaqirib olingach, uni aynan o‘sha asoslar bilan takroran yo‘llash mumkin emas.

Soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha soliq organlarining qarorlari ustidan qanday shikoyat qiliadi?  

Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan shikoyat yuqori turuvchi soliq organiga qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi orqali beriladi.

Qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi bunday ariza kelib tushgan kundan e’tiboran 3 kun ichida uni yuqori turuvchi soliq organiga barcha materiallar bilan birga yuborishi shart.

Shikoyat shaxs o‘z huquqlari buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran 1 oy ichida berilishi mumkin.

Shikoyat berish uchun qanday hujjatlar kerak?

Shikoyat va unga ilova qilinadigan hujjatlar soliq organiga yozma yoki elektron shaklda yuborilishi mumkin.

Shikoyat uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.

Shikoyatda quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • jismoniy shaxsning F.I.Sh hamda yashash joyi yoki shikoyat berayotgan yuridik shaxsning nomi va manzili;
  • soliq organining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjati, mansabdor shaxsning harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilayotgan shikoyat;
  • soliq organining nomi, normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjat, ustidan shikoyat berilayotgan mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi);
  • shikoyat berayotgan shaxs o‘zining huquqlari qaysi asoslarga ko‘ra buzilgan deb hisoblasa, o‘sha asoslar;
  • shikoyat berayotgan shaxsning talablari.

Shikoyatda telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va shikoyatni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin.

Shikoyat soliq organining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjati, uning mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat berayotgan shaxsning vakolatli vakili tomonidan berilgan taqdirda, shikoyatga ushbu vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

Shikoyatga shikoyat berayotgan shaxsning dalillarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi mumkin.

Qanday hollarda shikoyat korib chiqilmaydi?

Yuqori turuvchi soliq organi, agar quyidagilarni aniqlagan bo‘lsa, shikoyatni to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldiradi:

  • shikoyat shikoyatni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanmagan bo‘lsa yoxud vakilning shikoyatni imzolash uchun vakolatlarini tasdiqlovchi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa;
  • shikoyat ushbu Kodeksda belgilangan shikoyat berish muddati tugaganidan keyin berilgan va uni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomani o‘z ichiga olmagan bo‘lsa yoki shikoyat berish uchun o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilgan bo‘lsa;
  • shikoyat bo‘yicha qaror qabul qilinishiga qadar shikoyatni bergan shaxs nomidan shikoyatni to‘liq yoki qisman chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza kelib tushgan bo‘lsa;
  • ilgari aynan o‘sha asoslar bo‘yicha shikoyat berilgan bo‘lsa;
  • shikoyat soliq organining belgilangan tartibda ilgari shikoyat qilingan qarori ustidan berilgan bo‘lsa;
  • shikoyat belgilangan tartib buzilgan holda, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori turuvchi organga berilgan bo‘lsa;
  • shikoyat talablarga muvofiq rasmiylashtirilmagan bo‘lsa;
  • shikoyat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida yoki soliq to‘lovchi sudga shikoyat masalasi bo‘yicha murojaat qilganda berilgan bo‘lsa.

Shikoyatni ko‘rib chiqayotgan soliq organi shikoyat olingan yoxud shikoyatni to‘liq yoki qisman chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan e’tiboran 5 kun ichida shikoyatni to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirish haqida qaror qabul qiladi. Bu haqda shikoyatni bergan shaxsga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kun ichida yozma shaklda xabar beriladi.

Yuqori turuvchi soliq organi qanday qaror qabul qilishi mumkin?

Yuqori turuvchi soliq organi shikoyatni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

  • shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldiradi;
  • soliq organining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatini bekor qiladi;
  • soliq organining qarorini to‘liq yoki qisman bekor qiladi;
  • soliq organining qarorini to‘liq bekor qiladi va ish yuzasidan yangi qaror qabul qiladi;
  • soliq organlari mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) noqonuniy deb e’tirof etadi va ishning mohiyati bo‘yicha qaror chiqaradi.

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2024-yil III chorakda Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring