Mazkur missiya doirasida joriy yilning 15-aprel kuni XVJ daromadlar boshqarmasi katta iqtisodchisi Vinsent de pol Kukpayzan boshchiligidagi delegatsiya va Soliq qoʻmitasi Rahbariyati oʻrtasida “Soliq islohotlarini rejalashtirish” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda oʻrta muddatli islohotlar strategiyasi, QQS, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq va AOS maʼmurchiligi shuningdek, Soliq qoʻmitasi hamda Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiya faoliyatining kelgusi yillardagi strategiyasi muhokama qilindi.
Shu bilan birga, naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha soliq maʼmurchiligini takomillashtirib borish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ushbu missiya dasturi doirasida xorijiy ekspertlar bilan uchrashuvlar joriy yil 22-aprelgacha davom etadi.
Xalqaro soliq munosabatlari boshqarmasi