Andijon viloyati soliq boshqarmasida matbuot anjmani oʻtkazildi. Unda soha faoilyatidagi yangiliklar, soliq maʻmurchiligining oʻziga xosligi, “Korxonabay” va “Mahallabay” ishlash tizimining afzalliklari, “Soliq” mobil ilovasining yangi imkoniyatlari borasida jurnalistlarga maʼlumotlar berilib, mutaxassislar fikri tinglandi.
Tadbirda viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi L.Qurbonov bugungi kunda soliq tizimi avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali oʻz faoliyatini tashkil etayotganligi, bu inson omili aralashuvisiz, shaffof va samarali mehnat faoliyatini tashkil etishga asos boʻlayotganligi borasida soʻz yuritdi.
Anjuman davomida sohada faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislar “Korxonabay” va “Mahallabay” dasturlarining qanday ishlashini AKT imkoniyatlaridan foydalangan holda koʻrgazmali tarzda jurnalistlarga tahlil qilib koʻrsatishdi.
Shu bilan birga “Soliq” mobil ilovasining qulayliklari borasida ham alohida toʻxtalib oʻtildi. Tadbir soʻnggida ommaviy axborot vositalari vakillari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.
Andijon viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati