Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 4 A-uy
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 79-a-uy
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Soliq solish sohasida 2021-yildagi asosiy o‘zgarishlar

14/01/2021

kirill alifbosida o‘qish 

1. Koronavirus pandemiyasi davridagi soliq yengilliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5978-son Farmonida qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i bo‘yicha berilgan baʼzi soliq imtiyozlari doimiy qoida sifatida cheklanmagan muddatda Soliq kodeksida o‘z aksini topdi.

2021-yil 1-yanvardan:

– tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 mlrd. so‘mdan oshmaydigan va elektron hisob-fakturalarni qo‘llaydigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari uchun soliq davri har chorak etib belgilandi;

– foyda solig‘i to‘lovchilari joriy chorakda kutilayotgan hajmlardan kelib chiqib, foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lovlar summasi to‘g‘risida chorak birinchi oyining 10-kunigacha maʼlumotnoma taqdim etish huquqiga ega.

Shu bilan bir qatorda, 2021-yilda ham ayrim choralarni qo‘llash davom etadi. Unga ko‘ra Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan hollarda soliq hisobotlarini besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda kechiktirilganligi uchun soliq to‘lovchilarga jarima solinmaydi.

2. Maxsus soliq rejimlari bo‘yicha soliqqa tortish

Aylanmadan olinadigan soliq tatbiq etilmaydigan soliq to‘lovchilar safi kengaytirildi. Xususan, endilikda alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish uchun turg‘un savdo shoxobchalari, shuningdek bozorlar va savdo markazlari, umumiy daromad miqdoridan qatʼiy nazar, qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi.

Rieltorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 25 foizdan 13 foizgacha pasaytirildi.

3. Aksiz solig‘i

Aksiz soliq to‘lovchilariga aniqlik kiritilmoqda, xususan, yakuniy isteʼmolchiga sotiladigan olib kirilgan (import qilingan) aksiz to‘lanadigan tovarlar (benzin, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gaz) o‘z ehtiyojlari uchun ishlatilganda, ushbu tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun olib kirishni amalga oshirgan shaxslar soliq to‘lovchilari bo‘lib eʼtirof etiladi.

Endilikda aksiz to‘lanadigan tovarlarning (xizmatlarning) ro‘yxati va ular uchun stavkalar Soliq kodeksida belgilanadi.

Uyali aloqa xizmatlarining aksiz solig‘i stavkasi 25 foizdan 15 foizgacha pasaytiriladi.

4. Foyda solig‘i

2021-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartiblar o‘rnatildi:

- Soliq kodeksining 304-moddasi 8, 9, 14, 15 va 17-bandlariga muvofiq kelib tushgan mablag‘lar hisobidan olingan yoki sotib olingan (barpo etilgan) mol-mulk, shuningdek soliq va bojxona imtiyozlari berilganligi natijasida bo‘shagan mablag‘lar hisobidan olingan yoki sotib olingan (barpo etilgan) mol-mulk amortizatsiya aktivlari sifatida tan olinmaydi va amortizatsiya qilinmaydi;

- soliq to‘lovchi keyingi hisobot (soliq) davrlarida amortizatsiya qilinadigan aktivlar qiymatini qayta baholashni amalga oshirsa, bunday qayta baholash natijasi amortizatsiya ajratmalarini hisoblashda soliq maqsadlari uchun hisobga olinmaydi;

- amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati ularni qayta baholashni hisobga olmagan holda dastlabki qiymatidan hisoblangan amortizatsiya to‘lovlari orqali hisoblanadi.

Bunda, 2021-yil 1-yanvardagi buxgalteriya maʼlumotlariga asosan soliq to‘lovchida mavjud bo‘lgan, avval amalga oshirilgan qayta baholashni hisobga olgan holda amortizatsiya qilinadigan aktivlar qiymati soliq solish maqsadida boshlang‘ich qiymat hisoblanadi.

5. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i

Yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq to‘lov manbaida soliq agenti – yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan soliq to‘lovchiga daromad to‘langanda hisoblab chiqarish va ushlab qolish tartibi joriy etiladi.

Shu bilan birga, yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar shaxsiy daromadlaridan soliqni belgilangan miqdordagi yoki yillik deklaratsiya asosida to‘lashni tanlash huquqiga ega bo‘lgan tartib bekor qilinadi.

6. Ijtimoiy soliq

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, shuningdek chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, mehnat staji hisoblanishi uchun yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashlari lozim.

7. Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i

Soliq kodeksining 415-moddasi to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan obyektlarga nisbatan pasaytirilgan soliq stavkasini 0,2 dan 0,4 foizga oshirish yo‘li bilan yuridik shaxslar uchun pasaytirilgan soliq stavkasini bosqichma-bosqich bazaviy stavkaga yetkazish davom ettirilmoqda.

8. Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i

Ko‘p qavatli uy bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan avtomashina to‘xtash joylari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq obyektiga kiritilmoqda.

9. Yer solig‘i

Meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun meva-sabzavot mahsulotlari egallagan yerlar bo‘yicha, shuningdek dehqon xo‘jaliklarining sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi yerlari uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda yer solig‘i to‘lash tartibi joriy yetiladi.

Baliqlarni ko‘paytirish (yetishtirish) uchun samarasiz foydalaniladigan sunʼiy suv havzalari egallagan yerlarga nisbatan yuqori soliq stavkalarini belgilash va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini bekor qilish choralari qo‘llaniladi.

Soliq kodeksining 429-moddasida nazarda tutilgan, ilgari soliq imtiyozlari berilgan alohida obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkasining kamaytiruvchi soliq koeffitsiyenti 0,1 dan 0,25 ga oshiriladi.

10. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

Quyidagi tartiblar belgilanmoqda:

- sunʼiy suv havzalarida baliq yetishtiruvchi baliqchilik xo‘jaliklari soliq bazasini tabiiy va sunʼiy suv havzalaridan olingan va ushbu suv havzalariga qaytarib quyiladigan suv hajmining farqiga qarab aniqlanadi, kollektor-drenaj tarmog‘iga qaytarib quyiladigan suv hajmi bundan mustasno;

- suv resurslarini hisobga olish vositalari mavjud bo‘lmagan va foydalanilgan suv resurslarining haqiqiy hajmini aniqlashning iloji bo‘lmagan taqdirda qishloq xo‘jaligida, shu jumladan baliq yetishtirishda soliq bazasi suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilish sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv resurslari isteʼmolining normativlariga muvofiq aniqlanadi.

- Soliq solish obyekti va (yoki) soliq stavkasi turli bo‘lgan bir necha turdagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar bunday faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari shart va tegishli soliq stavkalari bo‘yicha soliq to‘lash tartibi kiritilmoqda.

11. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq

Quyidagi foydali qazilmalar uchun 5 foiz miqdorida, biroq 1 kub.m uchun 7 500 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda yagona soliq stavkasi belgilanmoqda: qurilish qumlari, qum-shag‘al aralashmasi, qumtoshlar, qurilish mayda toshlari (karbonat jinslar), qurilish mayda toshlari (granitlar, porfiritlar va slanes jinslari).

12. Soliq imtiyozlari

1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi aniqlashtirilmoqda, xususan:

yo‘lovchi tashish xizmatlari uchun taqdim etilgan imtiyozlar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan tarifga muvofiq shahar yo‘lovchi transport xizmatlariga va jamoat yo‘lovchi transportiga nisbatan (taksilar, jumladan marshrut taksilari bundan mustasno) qo‘llaniladi;

xalqaro moliya institutlarining kreditlari va davlat tashkilotlarining xalqaro kreditlari evaziga sotib olingan tovarlar (xizmatlar) uchun berilgan imtiyoz, agar ularni ozod qilish qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa, qo‘llaniladi.

2. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik marshrutlar bo‘ylab tashkil etilgan tatib ko‘rish zonalarida (joylarda) sotiladigan tabiiy sharoblar (butilkalardan tashqari) aksiz solig‘i solish obyekti hisoblanadi.

3. Barcha turdagi chiqindilarni saqlash va ulardan foydalanish uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i solish obyektidan chiqarib tashlandi.

4. Har qanday turdagi suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan yer uchastkalari uchun yuridik shaxslardan yer solig‘i undirilmaydi.

5. Kollektor-drenaj tarmoqlaridan foydalaniladigan suv resurslari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyektidan chiqarib tashlandi.

6. “Ipoteka Bank” ATIB, Xalk Banki va “Mikrokreditbank” uchun taqdim etilgan baʼzi soliq imtiyozlari bekor qilindi.

 

DSQ Soliq solish bo‘yicha maslahat bo‘limi boshlig‘i Aziz Umrzoqov

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2023-yil davomida Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring