O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Soliq qo‘mitasi xodimlari ishtirokida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Soliq qo‘mitasi hamda “Zakovat” intellektual klubi hamkorligida tashkil etilgan mazkur bilimlar bahsida qo‘mita markaziy apparatining 18 ta jamoasi ishtirok etdi.
Qizg‘in bahs-munozaralarga boy o‘tgan o‘yinda jamoalar bilim va salohiyati sinovdan o‘tkazildi.
Intellektual bellashuv natijalariga ko‘ra Soliq nazorati metodologiyasi va sifatini baholash boshqarmasining “Everest” jamoasi I o‘rinni egallab “Zakovat” kubogi sohibi bo‘ldi.
Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish departamentining “Yuksalish” jamoasiga II o‘rin, Budjet daromadlarini prognozlashtirish departamentining “Barkamol” jamoasiga III o‘rin nasib etdi.
Shuningdek, “Zukko ayol”,
“Faxriy ishtirokchi”
hamda “Eng yosh ishtirokchi” nominatsiyalari
bo‘yicha munosib deb topilgan ishtirokchilarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.