Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasida qardosh Ozarbayjon Respublikasi Soliq xizmati delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
3 kunlik muloqot davomida Oʻzbekistonning soliq sohasidagi soʻnggi yutuqlari, xususan, soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatishdagi innovatsion yondashuvlar bilan oʻrtoqlashildi. Ayniqsa, "mahallabay" va "korxonabay" kabi yangi institutlarning joriy etilishi hamda ularning amaliy natijalari ozarbayjonlik hamkasblarda katta qiziqish uygʻotdi.
Islohotlar samarasini raqamlar ham tasdiqlaydi - joriy yilning 11 oyi yakunlari boʻyicha hududlarda soliq tushumlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 21,5 foizga, bevosita tuman (shahar)larda 28,5 foizdan ortiqqa oʻsdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar tajriba almashinuvini davom ettirish va hamkorlikni yanada mustahkamlash boʻyicha kelishib oldilar.