Insofli soliq to‘lovchilar soliq taqvimining barcha sanalaridan xabardor. Masalan: 15-oktabr jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning oxirgi kuni edi.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida 2020-yildan boshlab ushbu soliqlarni ikki muddatda – 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lash nazarda tutilgan (Soliq kodeksining 423 va 440-moddalari).
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969-sonli Farmoniga asosan mol-mulk va yer soliqlarini to‘lov muddatini bitta qilib ya’ni 15-oktabrga qadar uzaytirildi)
Maxsus ishlab chiqilgan SOLIQ mobil ilovasi va boshqa elektron to‘lov tizimlari orqali masofadan turib istalgan vaqtda to‘lovlarni amalga oshirishga imkoniyat berilgan bo‘lib, hozirda to‘lovlarni amalga oshirgan soliq to‘lovchilarning 42 foizdan ziyodi ushbu tizimlar xizmatlaridan foydalanmoqda.
20-oktabr holatiga fuqarolarning 67 foizdan ortig‘i davlat oldidagi soliq majburiyatini bajardi. Yer solig‘i va mol-mulk solig‘i to‘lovlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etayotgan eng yaxshi 5 hudud:
Xorazm viloyati – 85,8%
Namangan viloyati – 77,1%
Navoiy viloyati – 74,4%
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 71,5%
Toshkent shahri – 71,3%
20-oktabr holatiga soliq to‘lovchilar tomonidan to‘langan umumiy to‘lov miqdori – 1,4 trln. so‘m. Shuning 560 million so‘mdan ortig‘i mol-mulk solig‘i, 850 million so‘mdan ziyodi esa yer solig‘i summasi. Ushbu mablag‘lar mahalliy (tuman va shahar) byudjetlarga tushadi va ijtimoiy ob’yektlarga, obodonlashtirishga, strategik muhim joylarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Muhim eslatma: jismoniy shaxslar hisoblangan soliqlarni to‘lamagan taqdirda, 16-oktabrdan boshlab har bir kechiktirilgan kun uchun penya hisoblanadi.
DSQ Matbuot xizmati