Stol tennisi federatsiyasi Raisining tegishli buyrug‘iga asosan, Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga Muqaddasova Gavharxon Nodirxonovna tayinlandi.
Shu munosabat bilan, G.Muqaddasova Soliq qo‘mitasi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.