Joriy yilning 22-dekabr kuni Soliq qo‘mitasida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.
Qo‘mitaning Shaxsiy xafvsizlik boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan mazkur seminarda markaziy apparat hamda YSTBHI xodimlari ishtirok etdi.
Bu galgi o‘quv-seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sybyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni xodimi M.Miralimov ishtirok etdi.
Seminarda “Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, qonunga xilof ravishda aralashganlik hamda tadbirkorlik subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga qarshi boshqa huquqbuzarliklar” hamda “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar” mavzularida ma’ruzalar o‘qildi.
Soliq qo‘mitasi xodimlari ushbu yuqoridagi mavzular bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.