Siz ish haqi va boshqa daromadingizdan o‘zingizni, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ingiz va farzandlaringizni O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida taʼlim olishi uchun to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsangiz mazkur imtiyozdan foydalana olasiz.
2021-yil 14-oktabrdan mazkur imtiyoz professional taʼlim tashkilotlari – kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga ham tatbiq etildi.
Imtiyoz professional va oliy taʼlim tashkilotlarida o‘qish uchun to‘lov:
- jismoniy shaxsning o‘z mablag‘lari;
- tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari;
- yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilganda qo‘llaniladi.