“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida “turizm uchun keshbek” platformasi ish boshladi. Endilikda mahalliy sayyohlar respublika bo‘ylab sayohat qilish uchun sarflangan xarajatlarning 15-50 foizini qaytarib olishlari mumkin.
Platforma foydalanuvchilari uchun qulaylik yaratish maqsadida keshbek qaytarish tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan “Soliq” mobil ilovasi qo‘llanildi.
Sarflangan mablag‘larni hisobga olish uchun foydalanuvchi transport va joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanganlik, madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurganlik uchun berilgan cheklarni (QR-kodini) skanerlashi kerak. Barcha cheklar skanerlangandan so‘ng, to‘plangan keshbek summasi avtomatik tarzda hisobga olinadi va belgilangan muddatda ishtirokchining shaxsiy bank kartasiga o‘tkaziladi.
Sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
- aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15 %i, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
- temir yo‘lda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 %i, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
- joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15 %i, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
- teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 %i lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda.
Platforma shartlari haqida batafsil ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rasmiy axborot manbalarida berib boriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi rasmiy sayti, shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasining (71) 202-32-82 va 1198 qisqa raqami orqali ham “turizm uchun keshbek” platformasi haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
Soliq mobil ilovani quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin: