Turizm yo‘nalishidagi oliy taʼlim muassasalari amaliyot bazalarida koʻrsatilgan xizmatlar uchun foyda soligʻi 2 barobar kamaytiriladi
24/07/2024
“Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. PQ-269-son 18.07.2024
Qarorga koʻra,
2024-yil 1-avgustdan turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan amaliyot bazalarini (turoperator, turagent, gid-tarjimon, mehmonxona va turizm transporti xizmatlarini koʻrsatish obyektlari (xizmatlar koʻrsatish obyektlari) belgilangan tartibda tashkil etishga ruxsat beriladi;
2027-yil 1-yanvarga qadar turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarining amaliyot bazalarida koʻrsatilgan xizmatlar uchun foyda soligʻi 50 foizga kamaytirilgan stavkada toʻlanadi. Ushbu soliq imtiyozini qoʻllash natijasida boʻshaydigan mablagʻlar xizmatlar koʻrsatish obyektlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga yunaltiriladi.