O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-741-son Qonuni bilan Soliq kodeksining 483-moddasi 10-, 11-qismlar bilan to‘ldirildi. Unga muvofiq,
1.09.2021-yildan 31.12.2021-yilga qadar bo‘lgan davrda:
Umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i hamda mol-mulk solig‘ni to‘lashdan ozod etilishi belgilandi.
1.01.2022-yildan 1.01.2023-yilga qadar:
Tumanlarda (Toshkent shahridan tashqari) faoliyat yuritayotgan YATTlarga belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi BHMning 50 %i miqdorida qo‘llaniladi.