Soliqqa tortish yo‘nalishidagi xalqaro tajribani o‘rganish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlari quyidagi mamlakatlarga tashriflarni amalga oshirgan:
BAA, Belarus, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Koreya, Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya, Fransiya, Chexiya, Shveysariya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston.
Ushbu tashriflar doirasida 103 nafar davlat soliq xizmati xodimlari xalqaro va xorijiy hamkor tashkilotlarning grant hamda texnik koʻmak mablagʻlari hisobidan professional oʻqish va malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi.
Joriy yilning oʻtgan davrida DSQda 61 ta uchrashuv va seminarlar oʻtkazildi. Jumladan:
Davlat soliq qoʻmitasi umumiy hisobda 54 ta davlat bilan ikki yoqlama soliqqa tortishni oldini olish hamda daromad soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida faoliyat yuritmoqda. Mazkur bitimlar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslarining ikki marotaba soliqqa tortilishining oldini olish mexanizmini yaratadi.
Oʻzbekiston Soliq maqsadlarida maʼlumot almashish va shaffoflik boʻyicha Global forumning 164-aʼzosi boʻldi. Bu soliq maqsadlarida global maʼlumot almashishning xalqaro standartlarini joriy qilish, Oʻzbekistonning xalqaro reytinglardagi pozitsiyasini yaxshilash hamda uning investitsion jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, joriy yilda O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning soliq xizmatlari rahbarlarining muvofiqlashtiruvchi kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi qaroriga qo‘shildi. Mazkur Qaror MDH davlatlarining soliq organlari bilan munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi va MDH doirasidagi ko‘p tomonlama xalqaro hamkorlik uchun asos bo‘ladi.
Xalqaro soliq munosabatlari boshqarmasi