Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 4 A-uy
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 79-a-uy
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi

22/08/2022

Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi. Tadbir avvalida davlatimiz rahbari Tadbirkorlar kuni munosabati bilan mukofotlangan soha vakillaridan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshirdi.


Davlatimiz rahbari soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan 5 ta yo‘nalishda tashabbuslarni bildirdi.

Birinchi yo‘nalish – korxonalarni toifalarga ajratib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida yondashuvni belgilash.


Bunda, korxonalar yillik aylanmasi bo‘yicha toifalarga ajratiladi. Bular:

  • 1 milliard so‘mgacha bo‘lgani – mikro biznes;
  • 10 milliard so‘mgacha bo‘lgani – kichik biznes;
  • 100 milliard so‘mgacha bo‘lgani o‘rta biznes toifasiga kiradi.

Shundan kelib chiqib 2023-yil 1-yanvardan boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4 foizdan 25 foizgacha bo‘lgan stavkalari o‘rniga yagona 4 foizli soliq stavkasi joriy etiladi.


Bunda, olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1 va 2 foizli stavkalar saqlab qolinadi.

Yoki, ular ixtiyoriy ravishda yiliga 20-30 million so‘m to‘lasa, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq idoralariga taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi.


Ikkinchi toifa, yaʼni aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshib, umumiy soliq to‘lash tartibiga o‘tgan korxonalar bir yil davomida foyda solig‘ini 2 barobar kam to‘laydi.

"Ushbu imkoniyatlar 370 ming tadbirkorga yengilliklar yaratadi va ularga juda katta stimul beradi", dedi davlatimiz rahbari.

Ochiq muloqotda kichik va o‘rta biznes uchun eng muammoli masalalardan biri qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va qaytarish bilan bog‘liqligi taʼkidlandi.

Prezident 2021-yilgi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida biznes uchun soliq yukini tushirish siyosatini davom ettirib, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini yana-da tushirishga vaʼda bergan edi.

«Ochiq aytishim kerak, “iqtisodiyot pandemiya tufayli hali to‘liq tiklanmadi, jahon iqtisodiyotidagi vaziyat yaxshi emas, shu sababli buni keyinga qoldiraylik”, deb taklif berganlar ham bo‘ldi.

Lekin sizlarni ishontirib aytaman: biz islohotlar yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz va 2023-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 foizga tushiramiz!», - dedi Shavkat Mirziyoyev.


Joriy yil 1-iyuldan boshlab bo‘sh bino, foydalanilmayotgan yer uchastkasiga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash bekor qilingan edi.

Lekin avval oshirib hisoblangan soliqlar nima bo‘ladi, degan savol 19 ming tadbirkorni bezovta qilmoqda va bu bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.

«Shularni inobatga olib, tadbirkorlarning oshirilgan soliq stavkalari bo‘yicha hisoblangan 2 trillion so‘mlik qarzlaridan butunlay voz kechsak, nima deysizlar?», - deya tadbirkorlarga murojaat qildi davlatimiz rahbari.


Prezident ilgari surgan ikkinchi tashabbus – tadbirkorlarimiz faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimini yaratishdir.

Bu borada kichik biznes loyihalariga 20 trillion so‘m yo‘naltiriladi.


Uchinchi yo‘nalish haqida so‘z yuritar ekan, Prezident kredit berish masalaning faqatgina bir tomoni ekani, biznes yurib ketishi uchun yetarli shart-sharoit, infratuzilma va kafolatli bozor kerakligini alohida qayd etdi.


Shu sababli, eng avvalo, tuman va shaharlarning sharoitidan kelib chiqib biznes uchun alohida yondashuvlar joriy etiladi.


To‘rtinchi yo‘nalish - tadbirkorlarning mulk huquqini himoya qilish masalasidir. Bundan buyon yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish faqat va faqat sud tartibida amalga oshiriladi. «Fursatdan foydalanib, barcha hokimlarning eʼtiborini bir masalaga qaratmoqchiman – mulk huquqiga oid qarorlarni ular tomonidan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi», - dedi Shavkat Mirziyoyev. Yaʼni, huquq beruvchi hujjatni faqat sud haqiqiy emas, deb topishi mumkin bo‘ladi.


Shuningdek, tadbirkorlarni qiynayotgan yana bir amaliyot – tergov jarayonida mol-mulkni xatlab qo‘yish bilan bog‘liq.

Misol uchun, o‘tgan 3 yilda tergovchilar tomonidan aniqlangan zarardan ikki barobar ko‘p mol-mulk xatlangan (1,5 trillion so‘m).


Endi, har bir xatlovning asosli ekani sud tomonidan ko‘rib chiqiladi, qarorni faqat sud qabul qiladi. 

«O‘ylaymanki, shundagina adolat bo‘ladi», - dedi davlatimiz rahbari.


Beshinchi yo‘nalish tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortish masalalari bilan bog‘liq.

Tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy eʼlon qilinadi. 

Shuningdek, tadbirkorlarga nisbatan majburiyatlar yuklaydigan yangi qonun hujjatlari qabul qilinganda, yo‘l qo‘ygan xatosi uchun tadbirkorga 6 oy davomida jazo qo‘llanilmaydi.


Prezidentimiz taʼkidlaganidek, kichik biznes vakillari tomonidan soliq tekshiruvlari bilan bog‘liq jarimalarning turi ko‘pligi va og‘irligi masalasi bo‘yicha juda ko‘plab murojaatlar kelib tushdi.

Misol uchun, bugungi kunda aylanmadan soliq to‘layotgan 370 mingdan ziyod kichik tadbirkorlarning soliq bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovi 1 million so‘m atrofida.

Lekin, kassa cheki bermagani uchun 5 milliondan 10 million so‘mgacha moliyaviy, shuningdek 3 milliondan 12 million so‘mgacha maʼmuriy jarima solinadi.

Yaʼni, kichik tadbirkorlar uchun ham, yirik korxonalar uchun ham jazo bir xil.


Umuman, savdo sohasida faoliyat ko‘rsatadigan tadbirkorlarimizni qariyb 30 yildan beri qiynab keladigan muammo ham yechiladi, yaʼni savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘liq bekor qilinadi (Jinoyat kodeksining 189-moddasi).

Birinchi marta xato qilgan kichik biznes vakillariga jazo chorasi qo‘llanilmaydi. Buning o‘rniga kamchiliklarni bartaraf etishga soliq idoralari ko‘makchi bo‘ladigan tizim joriy etiladi.

Jarimalar miqdori ham tadbirkorlarning to‘layotgan solig‘idan oshib ketmasligi kerak.

Davlat soliq qo‘mitasi eʼlon qilingan o‘zgarishlar (https://t.me/soliqnews/8359) tegishli meʼyoriy hujjatlarga kiritilganidan keyin joriy etilishi  va unga qadar amaliyotda mavjud normalar (https://t.me/soliqnews/8577) qo‘llanilishi davom ettirilishini maʼlum qiladi.


"Bizda quruvchi, madaniyat, taʼlim kabi soha vakillari uchun faxriy unvonlar mavjud. 

Lekin, Yangi O‘zbekiston poydevorini yaratishga eng katta hissa qo‘shib kelayotgan zahmatkash tadbirkorlarning eʼtibordan chetda qolgani adolatdan emas. 

Shu bois, ko‘p ish o‘rinlari yaratgan, biznesning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, o‘z sohasida innovatsiya va islohotlar qilgan va el-yurt orasida obro‘ topgan biznes vakillarini munosib eʼtirof etish uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini taʼsis etishni taklif qilaman", dedi Prezident ochiq muloqotda.


Yuqorida aytilgan barcha takliflarni amalga oshirish uchun Prezident huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tuziladi.

Prezident Administratsiyasi rahbariga ikki hafta muddatda  ushbu kengash ishini tashkil qilish topshirildi.

Prezidentimiz so‘zini yakunlab, ayni paytda tadbirkorlar bilan fikr almashmoqda, ularning taklif va tashabbuslarini tinglamoqda.

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2023-yil davomida Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring