Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 4 A-uy
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 79-a-uy
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xaridor chek soʻrashni madaniyat darajasiga olib chiqsa, sotuvchi soliq toʻlashni oʻz vazifasiga aylantiradi

22/07/2024


Koʻcha boshida joylashgan dorixonaga kunda boʻlmasa ham kun ora kirib turaman. Savdo qilib, chiqib ketaman. Oʻzim ham chek soʻramas edim, sotuvchi ham hafsala qilib beray demasdi. Oradan fursat oʻtib, soliq sohasida ishlay boshladim. Bir kuni yana yoʻlim tushib, dorixonaga kirdim. Atigi 2000 soʻmlik tabletka olib, chiqib ketayotsam, ortimdan dorixonachining, “Toʻxtang, toʻxtang, chekingizni olib keting”, degan ovozini eshitdim. Hayron boʻldim. Savdo munosabatlarimizda biror marotaba bu yondashuvga duch kelmaganim uchun, eʼtiborimni tortdi. Koʻchaga chiqishim bilan, sababini tushunganday boʻldim. Chunki bu safar egnimda soliqchilarning formasi bor edi.

Siz bozorda, doʻkonda yoki savdo markazlarida xaridni amalga oshirsangiz, toʻlovingiz uchun chek soʻraysizmi? Bunga sotuvchining qanday munosabatda boʻlishi sizni tashvishlantiradimi?

Xarid uchun QR-kodli chek berish va undan keshbek olish mumkin boʻlgandan soʻng chek soʻrovchilarning soni ortishini tushunsa boʻladi. Soha faoliyatiga oid murojaatlarning aksariyatini xarid uchun chek bermaslik holatlaridan norozi boʻlib yozilgan xabarlar tashkil etishi ham bor gap. Albatta, aynan ularning saʼy-harakatlari va maʼlumotlari asosida joylarda nazorat tekshiruvlari oʻtkaziladi, bu orqali tushum manbasini yashirishga uringan tadbirkorlik subyektlari ogohlantiriladi, agar bu hol yana takrorlangudek boʻlsa, jarimalar qoʻllaniladi.

Lekin jamiyatimiz toʻla toʻkis chek berish va chek soʻrash madaniyatiga oʻtib ulgurgani yoʻq. Xuddi yuqoridagi dorixonachi va men kabi.

Yana bir holat eʼtiborimizni tortdi. Savdo shoxobchasida suratga olish jarayoni ketayotgan payt. Sotuvchi xaridordan pulni olib, unga chek uzatdi. Aynan shu jarayonni suratga olib turganimizda xaridor “Menga chek shart emas” deb, ortiga burilib ketdi.

Sotuvchining chek berishdan qochishini tushunish mumkin. Chunki chek orqali tushum summasi shakllanadi va shu summa uchun soliq hisoblanadi. Bu esa ortiqcha “xarajat”dek gap ular uchun. Ammo xaridorlarning chekdan boʻyin tovlashi ham oʻzi uchun, ham jamiyat uchun ziyon keltiradi. Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor qiladi, deganlaridek, bugun yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishni zamonning oʻzi talab etmoqda.

Yashirin iqtisodiyot – oshkora olib borilmaydigan, amalga oshirilayotgan bu soha davlat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliqlar toʻlanmaydigan va rasmiy statistikada aks etmaydigan faoliyat turi. Ulardan faqatgina ayrimlargina manfaatdor boʻlishadi va hech qanday tasdiqlovchi hujjatga ham ega boʻlishmaydi. Yashirin iqtisodiyotning turi va shakllari koʻp. Uni yoʻl boʻyida pista sotuvchidan tortib, yirik-yirik tashkilotlarning faoliyatida ham uchratish mumkin.

Birgina misol, Andijon viloyatida olti oy davomida “Soliq” mobil ilovasi orqali kelib tushgan murojaatlar asosida 1131 ta soliq tekshiruvlari oʻtkazildi. Ushbu tekshiruvlar natijasiga koʻra, tadbirkorlik subyektlarida rostdan ham chek bermaslik holati tasdiqlandi. Shunga koʻra, tadbirkorlik subyektiga nisbatan qonuniy choralar koʻrilib, jarimalar qoʻllanildi. Kichik bir tahlil natijasida ham koʻrishimiz mumkinki, oldi olinmagan birgina soliqqa oid huquqbuzarlik yigʻilib-yigʻilib, katta moddiy zararlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shu oʻrinda, yashirin iqtisodiyotning qisqartirilishiga soliq inspektorlari faoliyati ham bevosita taʼsir koʻrsatmoqda. Sababi hududlarda “Mahalla yettiligi” tarkibiga soliq inspektorlari qoʻshilgach, eng quyi boʻgʻin sanalmish mahalla hududida faoliyat olib borayotgan noqonuniy savdo va tovarlar realizatsiyasiga chek qoʻyildi. Tadbirkorlik faoliyati qonuniylashtirildi. Bu esa pana-panada daromad topayotgan va tushumlari hech qayerda aks etmayotgan yashirin iqtisodiyot zanjirlarini uzishga xizmat qildi. Qolaversa, savdo shoxobchalarida xarid uchun chek berilishi qatʼiy nazorat qilinmoqda. Qoʻshimcha manbalar aniqlanmoqda. Ish faoliyatini qonuniylashtirish orqali, soliq bazasi ham kengaytirilmoqda.

Koʻpgina davlatlarda yashirin iqtisodiyotni soliqlar yordamida jilovlashga harakat qilinishiga sabab shuki, soliqlar qanchalik baland boʻlsa, oʻsha mamalakatda undan qochish va yashirin tarzda faoliyat yuritishga ehtiyoj ortib boradi. Shu sababli mamlakatimizda turi soha vakillariga va aholi qatlamlariga soliq imtiyozlari berilgan yoki maʼlum muddatga soliqlardan qisman va hattoki, butkul ozod etiladi. Bularning barchasi – yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar zamiridir.

Yuqorida soʻraganimiz chek masalasi ham aynan mana shunday “yoʻlakchalarda” olib borilayotgan yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga urinish ekanligini toʻgʻri tushunmoq kerak. Mutaxassislarning fikricha, korrupsiya va yashirin iqtisodiyotni yengish mumkin boʻlgan yagona eng katta kuch – bu jamoatchilik nazoratidir. Sizning har bir talab qilib olayotgan kichik summadagi chekingiz, oʻzingizni boy qilmasa ham, yigʻilib-yigʻilib, mamlakatni, xalqni badavlat qilishga hissa qoʻshadi. Zero, siz, men va biz birgalikda jamoatmiz. Nazoratni mustahkam qilsak, hech qanday xufiya iqtisodiyot-u, yashirin oldi-berdilarga ehtiyoj qolmaydi. Shunday ekan, chekingizni soʻrab olishni unutmang!

 

Maxsuma Oqqoʻziyeva,
Andijon viloyati soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar shubasi boshligʻi

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2024-yil I choragida Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring