Xiva shahrida o‘tkazilgan uchrashuvda tadbirkorlar faoliyatida duch kelayotgan muammolarga yechim topish imkoniga ega bo‘ldilar. Tadbirda ayniqsa, hududda turizm sohasi rivojlanganligi sababli ushbu sohadagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyev navbatdagi ochiq muloqotning aynan Xiva shahrida o‘tkazilganligi turizm va xizmat ko'rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar muammolarini tinglash va ularga yechim topishda alohida ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.
Yuzma-yuz muloqotlar albatta ikki tomon uchun ham manfaatli bo'ladi.
Eslatib o‘tamiz, bu kabi uchrashuvlar bugun poytaxtimizning Uchtepa va Chilonzor tumanlari va Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida davom etadi.