Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 167 641 ta yuridik shaxs tomonidan 32 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan, 6,6 trln so‘mdan ortig‘i, ya’ni 20,6 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 67,8 trln so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 4,7 trln so‘mni tashkil etgan.
Ushbu 20 ta soliq to'lovchi tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
▫️QQS – 1,7 trln so‘m;
▫️foyda solig'i – 1,7 trln so‘m;
▫️aksiz solig'i - 932,1 mlrd so‘m;
▫️JShODS - 807,7 mlrd so‘m;
▫️ijtimoiy soliq - 781,7 mlrd so‘m;
▫️mol-mulk solig‘i - 262,3 mlrd so‘m;
▫️yer solig‘i - 93,2 mlrd so‘m;
▫️boshqa soliqlar - 303 mlrd so‘m.