Yuridik shaxs tashkil qilmasdan yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin.
Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi ikki usuldan birini tanlash lozim:
1. Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish;
2. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun masofadan turib new.birdarcha.uz sayti orqali ariza berish.
Agar:
shaxsan kelib ariza berilsa BHMning 1 baravari miqdorida (375 000 so‘m) davlat boji to‘lanadi;
Internet orqali ariza berilganda to‘lov BHMning 0,9 baravarini tashkil etadi (337 500 soʻm).
Shundan so'ng, YTTga ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida guvohnoma beriladi.
YTTlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati
Tovar (xizmat)lar realizatsiyasi 100 mln so‘mdan oshmagan YTTlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda daromad solig‘ini to‘lashning quyidagi rejimlaridan birini tanlash huquqiga ega:
Qat'iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig'i davlat ro'yxatidan o'tgan oydan keyingi oydan boshlab har oyda 15-sanadan kechiktirmay to'lanadi.
YTTning tovar (xizmat)lar realizatsiyasidan olingan daromadi kalendar yilida
YTT ijtimoiy soliq ham to'laydi:
YTTlar 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega.