Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Yangi O‘zbekiston – yangi soliq tizimi, yangi natijalar, yangi rejalar

28/08/2021


TARAQQIYOT MEZONLARI


Yangi O‘zbekiston – bu, avvalo, yangicha iqtisodiy munosabatlar, yangicha iqtisodiy dunyoqarash demakdir.

Shavkat MIRZIYOYEV,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


Bir necha kundan keyin mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligini keng nishonlaymiz. Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz yaqinlashgani sayin beixtiyor istiqlolning ilk yillaridan to hozirgi kunga qadar erishilgan yutuqlar, yangilanishlar, xalqimiz dunyoqarashidagi o‘zgarishlar xayolimizdan o‘tadi. Prezidentimiz “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri bilan suhbatda: “Bugungi kunda O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Aynan mana shu jarayon men uchun islohotlarimizning eng katta natijasidir. Chunki, maqsadning aniqligi – harakatlar samarasini taʼminlaydigan eng muhim mezondir”, – deya alohida eʼtirof etdi.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, soliq yukini kamaytirish, uning maʼmurchiligini soddalashtirish va soliq idoralarining nazorat funksiyalarini takomillashtirish tizim faoliyatining asosiy mezonlari hisoblanadi. Mazkur maqsadlarga erishishda qanday amaliy saʼy-harakatlar qo‘l kelyapti va ular qanday samaralar beryapti?

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod KUDBIYEV bilan suhbatimiz ana shunday savol bilan boshlandi.

– Haqiqatan, mustaqilligimizning o‘tgan yillari mobaynida xalqimiz milliy o‘zligini anglab, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarildi. Bu davrda milliy davlatchiligimizning zamonaviy huquqiy poydevori yaratildi va shu asosda barcha sohalarda o‘ziga xos milliy tizimlar shakllandi. Bugungi kunda esa yangi O‘zbekiston tarixi yangicha mazmun-mohiyat bilan boyib boryapti. Istiqbol sari qo‘yilayotgan dadil qadamlar, tarkibiy yangilanishlar, jamiyat hayotidagi tub o‘zgarishlar uning zarvaraqlariga “oltin sahifa” bo‘lib muhrlanmoqda.

Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuksak bosqichga ko‘tarish, buning uchun yangi islohotlarni amalga oshirish hayotiy zarurat. Bu jarayonda iqtisodiy zanjirning muhim halqalaridan biri bo‘lgan soliq tizimi barchaga teng va erkin raqobat sharoitini yaratishda kamarbasta bo‘lishi kerak. Prezidentimiz tashabbusi bilan 2018 yilda yangi soliq konsepsiyasining qabul qilinishi ana shu maqsadlarga erishishning strategiyasini belgilab berdi.

Tizimda yangi islohotlarni boshlab bergan mazkur konsepsiyadan oldingi holatga nazar tashlasak, 97 foiz soliq to‘lovchilar soddalashtirilgan rejimda faoliyat yuritib, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida ularning ulushi qariyb 60 foizga yetgani holda, byudjet tushumlaridagi hissasi bor-yo‘g‘i 9,2 foizga teng bo‘lgan. Umumbelgilangan soliq to‘lovchilar zimmasiga tushgan asosiy soliq yuki atigi 3 foizni tashkil etgan.

Yaqingacha pensiya, maktab taʼlimi va yo‘l jamg‘armalariga soliq to‘lash, sug‘urta badali, mol-mulk, QQS stavkalarining yuqoriligi tadbirkorlik subyektlari zimmasidagi katta yuk edi. Shuning uchun ularning o‘zlari istamagan holda, soliqdan qochish sxemasini tanlashga yoki soddalashtirilgan rejimda qolish uchun korxona ishchilari soni, ularga to‘laydigan ish haqini sunʼiy yashirishga hamda “konvert” orqali to‘lashga majbur bo‘lardi.

Bugun esa, biznesda tamomila boshqacha muhit. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan adolatli, shaffof va uzoqqa mo‘ljallangan tizimni yaratishga qaratilgan islohotlarning amalga oshirilishi natijasida butunlay yangi soliq maʼmurchiligi yuzaga keldi. Birinchi navbatda, soliqlar turi 16 tadan 9 taga, nazorat shakllari 13 tadan 2 taga qisqartirildi.

Prezidentimiz joriy yil 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazgan tarixiy muloqotida soliq sohasidagi ko‘pchilikning esidan ko‘tarilgan holatlarni yodga solgani bejiz emas. Chunki, yaqingacha tadbirkorlarga og‘ir yuk bo‘lib kelgan pensiya, maktab va yo‘l jamg‘armalariga 3,2 foizli yig‘imlar bekor qilindi. Byudjetdan tashqari jamg‘armalarga mazkur yig‘imlarni bekor qilish hisobiga har yili qariyb 6 trillion so‘m mablag‘ qoladigan bo‘ldi.

Mol-mulk, daromad va ijtimoiy soliqlar stavkalari 2 barobar kamaytirildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga tushirildi, pandemiyadan ko‘proq zarar ko‘rgan tarmoqlarga ijtimoiy soliq 12 foizdan 1 foizga pasaytirilib, mol-mulk va yer soliqlari to‘lovlaridan butkul voz kechildi. Bu esa, tadbirkorlarga ixtiyorida qolgan 2 trillion so‘m mablag‘ni biznes faoliyatiga sarflash imkonini yaratdi.

– Odamlar kundalik hayotida ijobiy o‘zgarishlarni, jumladan, soliq yukidagi yengilliklarni sezar ekan, avvalambor, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga ishonchi va rag‘bati ortadi. Ilg‘or zamonaviy axborot-kommunikatsiya, internet hamda raqamli texnologiyalarning joriy etilishi yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borishni taʼminlaydi. Keyingi paytda tizimda bu borada qanday ishlar amalga oshirildi?

– Qisqa vaqtda sohani raqamlashtirish, jumladan, Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, o‘z navbatida, soliq to‘lovchilarga ro‘yxatdan o‘tish, soliq rejimini tanlash, byudjet bilan munosabatlarini onlayn kuzatish, hisobotlarni shakllantirish va topshirish, shaxsiy kabineti orqali dunyoning istalgan burchagidan soliq majburiyatlarini elektron tarzda bajarish imkoniyatini berdi.

Umumiy hisobda soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali – my.soliq.uz da 50 ga yaqin shu kabi masofaviy xizmatlar yo‘lga qo‘yildi. Bularsiz bugungi soliq maʼmuriyatchiligini va umuman, bugungi tizim faoliyatini tasavvur etib bo‘lmaydi.

Shu bilan birga, yangi vositalar – elektron hisobvaraq-faktura, elektron shartnoma, onlayn nazorat kassa texnikalari, raqamli markirovka, mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi joriy etildi. Har qanday soliq nazorati tadbirlari oldindan ogohlantirish va inson omilisiz “Tahlika-tahlil” dasturi orqali 76 ta mezonni qamrab olgan segmentlash asosida amalga oshirilmoqda.

Joriy etilayotgan raqamlashtirish jarayonida, jumladan, Prezidentimizning 2019 yil 6 sentyabrdagi “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlari bosqichma-bosqich onlayn va virtual kassalardan foydalanishga o‘tkazilyapti. Bugungi kunda 149,3 mingta xo‘jalik yurituvchi subyekt 182,8 mingdan ortiq onlayn va virtual kassalar bilan taʼminlandi.

Mazkur qurilmalarni sotib olishda tadbirkorlik subyektlari xarajatlarini kamaytirish maqsadida birinchi bosqichda (2021 yil 1 yanvarga qadar) hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda yoki yagona soliq to‘lovi yoxud qatʼiy belgilangan soliq summasini onlayn-NKMni o‘rnatish uchun tegishli xarajatlar summasiga kamaytirish tarzidagi imtiyoz taqdim etildi. Natijada tadbirkorlik subyektlari 22,7 milliard so‘m miqdoridagi byudjetga to‘lashi kerak bo‘lgan soliqlar hisobidan xarajatlarini qopladi.

– Tabiiyki, ko‘rilgan chora-tadbirlar, sarflangan xarajatlar soliq to‘lovchilar va soha faoliyatiga qanday samaralar keltirdi, degan savol tug‘iladi.

– Raqamli iqtisodiyotning joriy etilishi odamlar hayotida, xufiyona iqtisodiyot va korrupsiyaning kamaygani, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tezlashganida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu vazifalar ijrosi har bir tarmoq yoki soha idoralari tomonidan taʼminlanadi.

Maʼlumotlarga qaraganda, 2016 yilda yalpi ichki mahsulotda yashirin iqtisodiyotning ulushi 59 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib 11 foiz punktga pasaytirildi yoki 48 foizga tushirildi. Bu, o‘z navbatida, soliq tushumlarining oshishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatib, 2016 yilga nisbatan 2020 yilda tushumlar 3,3 barobar o‘sdi (2021 yilning birinchi yarim yilligida pandemiyadan oldingi 2019 yilning mos davriga nisbatan 1,6 marta ortdi).

Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan o‘zini o‘zi ish bilan band qilish instituti orqali qariyb 1 millionta yashirin sektordagi odamlar faoliyatini legallashtirishga erishildi.

So‘nggi yillarda soliq tizimida uchta bo‘g‘in – Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat soliq boshqarmasi va Davlat soliq inspeksiyalari vazifalarining chegarasi aniq belgilab olindi. Avvallari qo‘mita va boshqarmalar umumiy nazorat olib borish va soliqlarni yig‘ish bilan shug‘ullanmas edi. Buning uchun davlat soliq inspeksiyalari masʼul edi.

Endilikda inspeksiyalar zimmasida umumiy miqdori 16,6 foizga teng bo‘lgan mahalliy soliqlarni yig‘ish (yer, mol-mulk, suv, daromad va aylanmadan soliqlar) vazifasi qoldi, xolos.

Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Yirik soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish inspeksiyasi tashkil etildi va 2020 yil iyun oyidan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish vazifasi davlat soliq boshqarmalariga o‘tkazilib, byudjet tushumlarining mos ravishda 66,2 foizi va 17,2 foizi yoki jami 83,4 foizi qo‘mita va boshqarmalar tomonidan amalga oshirib kelinyapti. Bu masʼuliyat tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari chiqarildi.

– Mamlakatimizda hayotga tatbiq etilayotgan ezgu g‘oya, tashabbuslar ko‘p. Ular orasida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak!” tamoyilining o‘rni juda katta. Nazarimizda, tizimga transformatsiya qilinayotgan “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili ham ana shunday maqsadning uzviy qismi hisoblanadi.

– Ushbu g‘oyani hayotga tatbiq qilish maqsadida Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan soliq idoralarining tarkibiy tuzilmasi tubdan qayta isloh qilindi. Soha tarixida birinchi marotaba Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish departamenti, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tashkil etildi. Pirovardida oldimizga qo‘yilgan eng muhim vazifa, yaʼni fuqarolarimizning soliqdan qochishiga emas, balki uni ixtiyoriy to‘lashga o‘tishiga, tushumlarning kamayishiga emas, aksincha, o‘sishiga erishilyapti. Birgina raqamga eʼtiboringizni qaratmoqchiman, tadbirkorlarning aylanma mablag‘larini ko‘paytirish maqsadida, yil boshidan bugungi kungacha 9 trillion so‘m QQS manfiy ortiqcha to‘lovlari qaytarildi.

Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda Prezidentimizning yana bir o‘ziga xos ezgu tashabbusi – “Mahallabay” ishlash tizimi bizga yaqin ko‘makchi bo‘lmoqda. U aholi va tadbirkorlik subyektlari muammolarini tezkor hal etishning eng maqbul yo‘lidir.

Binobarin, Davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan 4-sektorlarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uch pog‘onali “mahallabay” ishlash tizimi joriy etilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida respublika miqyosida 4-sektor hududlarida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning 157 mingdan ortig‘i ish bilan taʼminlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 1 956 ta MFYning har birida 2 tadan, jami 3 912 ta inkubator tashkil etildi.

– Sohada teng va keng raqobat sharoitini yaratish ustuvor vazifalar sirasiga kirishini qayd etgan edingiz. Bu borada va ayniqsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari huquqlarini kafolatlashni takomillashtirish masalasida amalga oshirilayotgan ishlardan ko‘zlangan maqsad nimaligini tushuntirib o‘tsangiz.

– Prezidentimiz yaqinda “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharririga bergan intervyusida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash xususida so‘z yuritar ekan, “Biznes ahli haqida faqat soliqlarni to‘lash va tekshirishlar paytida eslaydigan zamonlar o‘tib bo‘ldi. Shu nuqtai nazardan, soliq qonunchiligini maqbullashtirish borasida biz ancha ish qildik, lekin hali oldimizda yana-da katta vazifalar turibdi va biz ularni albatta amalga oshiramiz”, deya taʼkidladi.

Chindan ham, bugun O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun keng va teng raqobat maydonida erkin faoliyat yuritish imkoniyati, jozibador investitsiya muhiti vujudga kelmoqda. Mamlakatimizning investitsiyaviy muhitini yana-da yaxshilash, adolatli raqobat tamoyillarini joriy etishni taʼminlash hamda soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish amaliyotini tartibga solish maqsadida 45 ta qonun hujjatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, 10 ta o‘z kuchini yo‘qotgan, deb eʼtirof etilgan qonun hujjati orqali qator soliq va bojxona imtiyozlari amaliyotdan chiqarildi. Natijada 84 ta turli soliq imtiyozlari bekor qilindi. Individual imtiyozlar berish amaliyotidan voz kechildi. Xorijiy sarmoyadorlar ulushida tashkil etilgan korxonalar soni 4 yilda 2,6 barobarga ko‘paydi va 13,2 mingtaga yetdi.

Sohada teng raqobat sharoitini yaratish va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari huquqlarini kafolatlashni takomillashtirishga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad turli rejimlardagi soliq to‘lovchilar uchun mavjud imkoniyatlarni tenglashtirish hamda insofli soliq to‘lovchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni qaytarish jarayoni uchun talab qilinadigan vaqtni minimallashtirishdir.

Mazkur tadbirni amalga oshirish doirasida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 avgustdagi qarori bilan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanib, QQS summasini tezlashtirilgan tartibda faqat ishonchli soliq to‘lovchilarga qaytarish belgilab qo‘yildi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i salbiy farq summasini qaytarish haqida gap ketar ekan, Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida ham bu masala ko‘tarilganini, soliq tizimini takomillashtirish, biznesga soliq yukini imkon qadar kamaytirishga doir muhim yo‘nalishlar belgilanganini taʼkidlash joiz. Uchrashuvda ilgari surilgan har bir g‘oya, taklif va tashabbus majoziy maʼnoda aytganda, “siyohi qurimasdan” amalga oshib, yechimini topmoqda. Bunga Prezidentimiz tomonidan muloqot o‘tgan kunlariyoq imzolangan “Qo‘shilgan qiymat solig‘i maʼmuriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida”gi va “Umumiy ovqatlanish va turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlaridagi imtiyoz va yengilliklarni misol tariqasida keltirish mumkin. Xususan, 2021 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va ularning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi, 2023 yil 1 sentyabrga qadar turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.

– Mamlakatda yaratilgan biznes sharoitlari takomillashib borgani sari salohiyatli kadrlarga ehtiyoj ortib boraveradi. Tizimda mazkur muammoni hal etish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilyapti? Joriy etilgan komplayens-nazorat tizimi qanday masalalarni hal etishda yaqin ko‘makchiga aylanishi kutilyapti?

– Mamlakatimiz iqtisodiyotini uzoq muddatli rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda tizim uchun bugungi kun talabiga javob beradigan, yosh, yangi avlod kadrlarini tanlash, tarbiyalash va malakali etib tayyorlash alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda, Prezidentimiz tashabbusi bilan Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut tashkil etildi va joriy yildan ilk bor qabul jarayonlari olib borilmoqda. Uning o‘quv dasturlari nufuzli oliy taʼlim institutlari va xalqaro miqyosda qo‘llaniladigan tamoyillarga muvofiq ishlab chiqildi.

Bugungi kunda tizimdagi o‘rta-maxsus maʼlumotga ega bo‘lgan 2516 nafar xodim oliy maʼlumotga ega bo‘lish istagida Fiskal institutga hujjat topshirdi. Shuningdek, tizimda ishlovchi xodimlarning malaka va kasbiy bilimini oshirish maqsadida 2021 yilning o‘tgan davrida 3 ta yo‘nalishda o‘quv kurslari tashkil qilindi va jami 2 984 nafar xodim o‘qitildi.

Davlat soliq xizmati organlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashishning qatʼiy pozitsiyasi mavjud. Bu borada komplayens-nazorat tizimi joriy etilgan. Sohada korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi va faoliyat shaffofligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarning tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgani “CERT International” ixtisoslashgan xalqaro tashkiloti auditorlari xulosasida ham qayd etildi. Shu yil 23 avgust kuni ushbu tashkilotning Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatiga ISO37001:2016 xalqaro standarti bo‘yicha sertifikati topshirildi.

Hali oldinda o‘zaro munosabatlarda inson omilini keskin kamaytirib, sohaga raqamli texnologiyalarni yana-da keng joriy etish, iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirish, umumbelgilangan deklaratsiya tizimiga o‘tish, xalqaro andozalardagi xizmat ko‘rsatish standartlarini joriy etish, halol tadbirkorlik subyektlarini yana-da qo‘llab-quvvatlash, yer va ko‘chmas mulklarni elektron ruyxatga olish va baholash kabi qator strategik vazifalar ijrosini taʼminlash masʼuliyati turibdi va biz ularni hal etishga qatʼiy bel bog‘lab kirishganmiz.

Fursatdan foydalanib, xalqimizni, himmatli tadbirkorlarimizni Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Soliq idoralari xodimlari o‘z zimmalaridagi burch va ishonchni, albatta, amaliy ishlari bilan oqlaydi, mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy ravnaqi yo‘lida hormay-tolmay xizmat qilaveradi.


“Yangi O‘zbekiston”  gazetasi, #174 28.08.2021-y.

 

“Yangi O‘zbekiston” muxbiri

Abdurauf QORJOVOV suhbatlashdi.

 

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2024-yil III chorakda Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring