Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

2024-yil yakunlari: biznes rivoji va soliq tushumlari

07/01/2025

Bugun, 7-yanvar kuni Axborot va ommaviy-kommunikatsiyalar agentligida Soliq qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Dildora Xashimova ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

Mavzu: 2024-yil yakunlari: biznes rivoji va soliq tushumlari

Brifingda berilgan ma’lumot matni

Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar, “Mahallabay” va “korxonabay” ishlash tizimlari hamda sohani raqamlashtirish borasidagi ishlar natijasi soliq tushumlarini sezilarli darajada oshirdi.

Xususan, soliq organlari tomonidan respublika boʻyicha budjetga 199,6 trln soʻm soliq tushumlari taʼminlanib, 2023-yilga nisbatan 20% oʻsishga erishildi. Tuman va shaharlar byudjetiga tushumlar 24% ga oshdi.

Hududlar kesimida Toshkent shahri - 27%, Sirdaryo - 25% va Toshkent viloyati-23% yuqori oʻsish kuzatildi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari 31,4 foizga (+1,4 trln.soʻm) oʻsdi.

Toshkent shahri - 63,6 %, Toshkent viloyati - 42,5%, Andijon - 37,6%, Surxondaryo - 32,2% oʻsish darajasi yuqori boʻldi.

AOSdan 2,8 trln.soʻm tushirilib, oʻtgan yilga nisbatan 17,5 foizga (+421,4 mlrd so‘m) oʻsdi.

Buxoro (22,8%), Namangan (22,8%), Xorazm (22,3%), Toshkent viloyati (20,2%) va Andijonda (20%) respublika darajasidan yuqori oʻsdi.

Foyda soligʻi 29,1 foizga (+11,9 trln), jumladan yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi 30,8 foizga va hududlarda 19,6 foizga oʻsdi.

Sirdaryoda-1,8 baravarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasida - 1,5 baravarga, Xorazmda - 1,4 baravarga tushumlar oʻsib, respublika darajasidan yuqori.

QQS 16,4 foizga (+5,6 trln) oʻsdi.

Sirdaryoda 39,2%, Toshkent shaxrida 31,7%, Toshkent viloyatida 27,6%, Jizzaxda 25,8%, Qoraqalpogʻiston Respublikasida - 23,7% oʻsdi yoki respublika darajasidan yuqori.

Bundan tashqari, soliq organlari xodimlari tomonidan manzilli koʻrsatilgan amaliy yordamlar natijasida 64,5 mingta vaqtincha moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tiklandi, 134,8 mingta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni oʻz vaqtida tuzatish imkonini beruvchi “Avtokameral” tizimi natijasida 37,9 trln soʻmga ixtiyoriy ravishda qayta hisobotlar taqdim etilib, xatoliklar bartaraf etildi hamda 13,8 trln soʻmlik moliyaviy jarimalar qoʻllanilishining oldi olindi.

Sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar:

Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi va serverlar yangilandi, zamonaviy telekommunikatsiya uskunalari oʻrnatildi, soliq organlarining aloqa infratuzilmasi va axborot xavfsizligi tizimlari modernizatsiya qilindi, soliq maʼmuriyatchiligi uchun yagona raqamli platforma yaratildi, katta hajmdagi maʼlumotlarni tahlil qilish uchun zamonaviy texnologiyalar joriy qilindi, soliq toʻlovchilarga real vaqt rejimida taqdim etiladigan xizmatlar roʻyxati kengaytirildi.

Bugungi kunda, hisobvaraq-faktura va kassa cheklari 100% elektron shaklda rasmiylashtirmoqda. Bu maʼlumotlar hisobotlarda avtomatik aks etib, uni avtomatlashtirish darajasini oshirishda eng muhim vosita boʻldi.

Hisobotlarni avtomatlashtirishga oid ayrim faktlarni keltiramiz, QQS 93%, yer, mol-mulk soliqlari hamda AOS hisoboti 100% avtomatik ravishda shakllanyapti.

EHFlar boʻyicha jami tovar aylanmasi 2023-yilga nisbatan salkam 17 foizga oʻsdi (QQS bilan), Onlayn-NKT orqali 1 milliardan ortiq chek rasmiylashtirilib, ular boʻyicha aylanma 261,1 trln soʻmni tashkil etdi.

Soliq toʻlovchilarga koʻrsatilayotgan elektron xizmatlarning sodda va qulay boʻlishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan “Soliq” mobil ilovasidan ham jismoniy, ham yuridik shaxslarning birday foydalanishi imkoniyati yaratildi.  Hozir tadbirkor, fuqaro “Soliq” mobil ilovasidan foydalanib, dunyoning qaysi burchagida boʻlishidan qatʼiy nazar, oʻz majburiyatini bajarishi mumkin. Korxona rahbari yoki taʼsischi butun boshli biznesining buxgalteriyasi qanday ishlayotganligini kuzatib borishi, qonuniy ishlayotgan biznes hamkorlarni tanlashi mumkin. Bu esa oʻzaro ishonchli va mustahkam hamkorlik garovidir. Oʻtgan yil dekabr oyining oʻzida ushbu ilovadan 115 mln martadan koʻp foydalanilgan.

“Quyoshli xonadon” xizmati orqali 10,2 ming nafar foydalanuvchiga 11,6 mlrd soʻm, “Ijtimoiy keshbek” xizmati orqali 135,7 mingta foydalanuvchiga 24,6 mlrd soʻmlik subsidiya byudjetdan qaytarildi.

Shuningdek, xaridorlarga berilayotgan onlayn cheklar tahlili orqali qaysi hududda qanday dorilarga talab kuchayganligiga qarab, kasalliklarni oldini olishga qarshi tezkor qaror qabul qilish imkoniyati yaratildi. Bu yaqin kelajakda har bir mahsulot boʻyicha isteʼmol ehtiyoji haqidagi maʼlumotlarni tahlil qilish imkoni paydo boʻladi. Bu esa byudjet mablagʻlari taqsimotida aholi ehtiyojiga qarab isteʼmol tovarlari import-eksporti, ishlab chiqarish yoki yetishtirish hajmini oldindan belgilashga imkon beradi.  

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingida har bir tadbirkor oʻz oʻrni va bahosini real vaqtda bilib borishi mumkin boʻldi. Hozirda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” elektron onlayn platformasida jami 520,6 mingta tadbirkorlik subyekti baholangan. Bugun tadbirkorlikka yaratilgan qulay sharoitlar sabab, tadbirkorlar bilan hamkorligimiz yangi bosqichga koʻtarildi. 31 ming tadbirkor barqarorlik reytingini yaxshilab, halol tadbirkorlar safini kengaytirmoqda. Umumiy yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 4,5 baravarga koʻpayib, jami 7,5 mingdan oshdi. AAA reytingdagi tadbirkorlarning 1107 tasiga 1,9 trln soʻmlik QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berilgan.

Qayta aloqa

Soliq bilan bogʻliq savollarga 24/7 rejimida Call-markaz orqali 774,2 mingdan ortiq murojaatlarga, “Soliq organlari bilan qayta aloqa” axborot tizimida 68 860 ta qisqa xabarlarga mutaxassislarning javoblari berildi.

2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar

Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni raqamli transformatsiya orqali yanada yaxshilash;

KPI mezonlari asosida mahallabay va korxonabay ishlash tizimini rivojlantirish:

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashda soliq nazorati instrumentlarini takomillashtirish;

Davlat ulushi yuqori boʻlgan korxonalarda xarajatlarni nazorat qilish va soliq monitoringini joriy etish.

Shuningdek, 2025-yilda 224 trln soʻm soliq tushumlarini taʼminlash vazifasi belgilandi.

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2024-yil III chorakda Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring