Hududiy
organlar

Давлат солиқ қўмитаси

Марказий аппарат

...
  • Тошкент шаҳар, А.Қодирий кўчаси 13а-уй
  • (71) 244-97-16 Ishonch telefoni
    (71) 244-97-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Андижон вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Андижон шаҳар, Олтинкўл кўчаси, 1-уй
  • (0-374) 223-95-02 Ishonch telefoni
    (0-374) 223-95-02 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Бухоро вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Бухоро шаҳар, М.Иқбол кўчаси, 14-уй
  • (0-365) 221-30-13 Ishonch telefoni
    (0-365) 221-30-13 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Жиззах вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Жиззах шаҳар, Ш.Рашидов кўчаси, 16-уй
  • (0-372) 226-34-70 Ishonch telefoni
    (0-372) 226-34-70 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Қашқадарё вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Қарши шаҳар, Ислом Каримов кўчаси, 805-уй
  • (0-375) 225-08-22 Ishonch telefoni
    (0-375) 225-08-22 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Навоий вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Навоий шаҳар, Шодлик кўчаси, 6-уй
  • (436) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (436) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Наманган вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Наманган шаҳар, Марғилон кўчаси, 14-уй
  • (0-369) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (0-369) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Самарқанд вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Самарқанд шаҳар, Гагарин кўчаси, 85 А-уй
  • (066)-234-06-16 Ishonch telefoni
    (066)-234-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Сурхондарё вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Термиз шаҳар, М.Каҳҳор кўчаси, 23-уй
  • (0-376)-221-74-39 Ishonch telefoni
    (0-376)-221-74-39 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Сирдарё вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Гулистон шаҳар, Ислом Каримов кўчаси, 41-уй
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Тошкент шаҳар

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳар, Шайхонтоҳур тумани, Абай кўчаси, 4 А-уй
  • (0-371) 2445486 Ishonch telefoni
    (0-371) 2445486 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Тошкент вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳар, Яккасарой тумани, Бобур кўчаси, 79-а-уй
  • +99878-150-49-56 Ishonch telefoni
    +99878-150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Фарғона вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Фарғона шаҳар, Сайилгоҳ кўчаси 31-уй
  • (73) 241-70-60 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-60 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Хоразм вилояти

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Урганч шаҳар, Ал-Хоразмий кўчаси, 34 уй
  • (0-362) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (0-362) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Қорақалпоғистон Респ.

Давлат солиқ бошқармаси

...
  • Нукус шахар. Т.Қайпбергенов кўчаси, 23-уй
  • (0-361) 222-23-55 Ishonch telefoni
    (0-361) 222-23-55 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Strategik rivojlantirish boshqarmasi

Boshliq: Ismatov Xolbuta Begmatovich
Telefon: (71) 244-97-77
Faks: (71) 244-89-12
E-mail: xolbuta.ismatov@soliq.uz

  • Davlat soliq xizmati organlarining o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va ijrosi ustidan monitoring olib borish.
  • Zamonaviy soliq ma’murchiligini joriy etish va xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirish.
  • Makroiqtisodiy muhit tahlili, soliq rezervlari va soliq ma’muriyatchiligi sohalarini identifikatsiya qilib borish.
  • Davlat soliq xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholash va uni oshirish bo‘yicha zaruriy tadbirlarni amalga oshirilishini tashkillashtirish.
  • Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O'zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirib borish.
  • Soliq solish bazasini kengaytirish imkoniyatlarni aniqlash hamda davlat byudjeti tushumlariga nisbatan tavakkalchiliklarni baholash.

  • Davlat soliq xizmati organlarining faoliyati natijalarini tahlil qilib, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda kelgusida rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish.
  • Soliq majburiyatini bajarishning qulay sharoitlarini yaratish, shu jumladan ko‘rsatiladigan xizmat turlarini ko‘paytirish va soliq ma’murchiligi jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha tegishli tuzilmalar bilan hamkorlikda chora-tadbirlarni amalga oshirib borish.
  • O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini doimiy ravishda tahlil qilib borish va tahlil natijalariga ko‘ra mazkur ko‘rsatkichlarga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni qo‘mita rahbariyati va tegishli vazirlik va idoralarga kiritib borish.
  • Eng muhim xalqaro reytinglarni va tarkibiy indikatorlarni, ularni shakllantirish metodologiyasini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslarda oxirgi yillarda egallab turgan mavqeini o‘rganib borish.
  • Qo‘mitaning markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda davlat soliq xizmati organlarining asosiy faoliyati yakunlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarini o‘zi ichiga olgan yagona yig‘ma hisobot to‘plamini ishlab chiqish va yuritish.
  • Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida soliqqa tortish borasida mamlakatning reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha aniq tahlil va hisob-kitoblarga asoslangan takliflarni kiritib borish.
  • Xalqaro tajribadan kelib chiqqan xolda, tadbirkorlik sub’ektlari orasida avj olayotgan soliqdan qochish sxemalarini aniqlaydi va ularni tezkor identifikatsiya qilish borasida ishlarni tashkil qilish.

Byudjet daromadlarini prognozlashtirish boshqarmasi

Boshliq: Yakubov Baxtiyar Pulatovich
Telefon: (71) 244-98-03
Faks: (71) 244-98-03
E-mail: baxtiyor.yakubov@soliq.uz

  • Davlat soliq xizmati organlarida Davlat byudjetiga tushumlarni prognozlashtirish bo‘yicha yagona uslubini ishlab chiqish.
  • Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlarni prognozlashtirish.
  • Davlat byudjeti daromadlari bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosini ta’minlanishini nazorat va tahlil qilish.
  • Soliq to‘lovlari va tushumlari statistikasini olib borish.
  • Ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobini yuritish.
  • Soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalari to‘g‘ri va to‘liq yuritilishini ta’minlash.

  • Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlarni prognozlashtirish mexanizmi va dasturiy mahsulini ishlab chiqadi va takomillashtirish.
  • Hisobot davrida (oy, chorak, yil) byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga kutilayotgan tushumlarni hisob-kitob qiladi va prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilmaslik xavfini oldini olish uchun tegishli tuzilmalarga topshiriqlar chiqarish.
  • Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali tushumlarni ko‘paytirish chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
  • Moliya vazirligi bilan hamkorlikda tushumlar hisobining Davlat byudjeti daromadlar tasnifiga mos yuritilishini ta’minlash.
  • Davlat reestridan chiqarilgan korxonalarning soliq qarzlari yoki ortiqcha to‘lovlarini qisqartirish borasida boshqa tuzilmalarni jalb qilgan holda bartaraf qilinishini ta’minlash.
  • Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarini amaldagi qonunchilikka muvofiq yuritilishini ta’minlash.

Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi

Boshliq: Ismailov Timur Atabayevich
Telefon: (71) 244-97-06
Faks: (71) 244-97-06
E-mail: timur.ismailov@soliq.uz

  • Davlat soliq xizmati organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasida yuzaga keladigan soliq sohasidagi nizolarni sudgacha ko‘rib chiqilishi yuzasidan Tartib va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish.
  • Soliq sohasidagi kelib tushgan nizolarni sudgacha ko‘rib chiqish.
  • Soliq sohasidagi ko‘rib chiqilgan nizolarni hisobini yuritish hamda vertikal nazoratni amalga oshirish.
  • Soliq nizolarini kelib chiqishini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.

  • Davlat soliq xizmati organlariga kelib tushayotgan bir xil mazmundagi murojaatlarni oldini olish maqsadida soliq nizolari bo‘yicha ko‘rib chiqilgan har bir murojaatlarning elektron hisobini yuritadi va undan soliq sirini saqlagan holda barcha soliq to‘lovchilarning foydalanishi imkoniyatlarini yaratish.
  • Coliq sohasidagi nizolarni ko‘rib chiqish jarayonida aniqlangan qonunchilikdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish maqsadida qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish.
  • O'zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi Qonun talablariga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, elektron va og‘zaki murojaatlarini belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlash.
  • Soliq nizolarini kelib chiqishini oldini olish bilan bog‘liq soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida joylarda va ommaviy axborot vositalari orqali soliq to‘lovchilarga keng tushuntirish ishlarini olib borish.

Hududlarni kompleks ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarda ishlarni monitoring qilish boshqarmasi

Boshliq: Abdusalomov Oybek Mirzaulukovich
Telefon: (71) 244-97-10
Faks: (71) 244-97-10
E-mail: oybek.abdusalomov@soliq.uz

  • Davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan sektorlar deb ataladi) faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirib borish.
  • Davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan sektorlarda amalga oshirilgan ishlarni tizimli tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va bajarilmagan tadbirlarni aniqlash hamda bartaraf etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
  • Davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan sektorlar rahbarlari hamda kotiblari faoliyatini, ular tomonidan zimmalariga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoringini amalga oshirish orqali belgilangan mezonlar bo‘yicha baholab borish.
  • Davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan sektorlar faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan monitoring va nazorat natijalariga ko‘ra, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, bajarilmagan tadbirlar, shuningdek, erishilgan yutuqlar bo‘yicha takliflar kiritish.
  • Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan sektorlarda, soliq solish sohasidagi tizimli muammolarni o‘rganish va aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

  • Davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan sektorlar shtablarini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Amaliy qo‘llanma” asosida tashkil etilishini nazorat qilish.
  • Davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan sektorlar faoliyatini tizimli tahlil qiladi, yuzaga kelgan muammolar sabablarini aniqlaydi va ularning echimi yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash.
  • Davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan sektorlarda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha yuritilayotgan hisobotlarni hamda elektron axborot tizimiga kiritilayotgan ma’lumotlarni tahlil qiladi, aniqlangan kamchiliklar va bajarilmagan tadbirlar yuzasidan zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish.
  • Soliq to‘lovchilar o‘rtasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.

Yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatish boshqarmasi

Boshliq: Suyunov Axmadjon Xujamurodovich
Telefon: (71) 244-98-87
Faks: (71) 244-98-87
E-mail: axmadjon.suyunov@soliq.uz

  • Yuridik shaxslarni hisobini yuritish, soliq ob’ektlari va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlarni hisobga olish.
  • Yuridik shaxslarga soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, hisobotlarni taqdim etish va to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.
  • Xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rgangan holda soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va takomillashtirib borish.
  • Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish doirasida hududiy davlat soliq xizmati organlari tomonidan bajariladigan ishlarni tashkillashtirish, nazorat qilish va ushbu yo‘nalishda yagona siyosat tizimini joriy qilish.
  • Davlat soliq xizmati organlarini xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan idoraga aylantirish, soliq to‘lovchilarga sifatli xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan me’yoriy huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
  • Soliq to‘lovchilar o‘z soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi va ularning qoniqish darajasini oshirishni ta’minlash.

  • Davlat soliq xizmati organlarida yuridik shaxslarni ro‘yxatga olinishini tashkillashtirish va nazorat qilish.
  • Soliq to‘lovchilarning soliq solish tartibini belgilash va ularga tegishli shaxsiy kartochkalar ochilishi ta’minlash.
  • Soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan elektron va qog‘oz shaklidagi soliq va moliyaviy hisobotlarini, auditorlik xulosalarini qabul qilib olish va ma’lumotlar bazasiga kiritilishini ta’minlash.
  • Soliq hisobotlarini taqdim etmagan yoki muddatida taqdim etmagan, shuningdek, qayd etilgan manzilda bo‘lmagan yuridik shaxslarning bankdagi hisob raqamlarini to‘xtatib turish, choralarini ko‘rish hamda tegishli tarkibiy tuzilma tomonidan ularning mas’ullariga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilishini nazorat qilish.
  • Yuridik shaxslarning normativ muddatda tugallanmagan qurilish ob’ektlariga, bo‘sh turgan binolariga, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlarga, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlariga qonunchilikda belgilangan tartibda soliqlarni hisoblanishini ta’minlash.
  • Soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlamagan, lekin soliq majburiyatini bajarish muddati o‘tgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni majburiyatlarini bajarish yuzasidan eslatish orqali xizmatlar ko‘rsatish.
  • Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlaridan davlat bojlarining hisob-kitoblari taqdim etilishini va ularning hisobini yuritilishini ta’minlash.
  • Er qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalar hajmini aniqlash maqsadida marksheyderlik xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlarni jalb qilgan holda monitoring o‘tkazib borish va hisobini yuritish.
  • Marksheyderlik xulosalaridagi ma’lumotlar korxonalar hisobotidagi ma’lumotlarga mos kelishini nazorat qilish uchun ma’lumotlarni kameral nazoratni amalga oshiruvchi tuzilmaga o‘tkazish, byudjet va maqsadli jamg‘armalarga qo‘shimcha hisoblangan va undirilgan mablag‘lar hisobini yuritish.
  • Soliq va moliyaviy hisobot shakllarini soddalashtirish, ularni to‘ldirilishida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni avtomatik ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish orqali soliq to‘lovchilarga qulay sharoit yaratish va ularga belgilangan soliq majburiyatlarini bajarishlarida amaliy yordam ko‘rsatish.
  • Davlat soliq xizmati organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash borasida xorijiy tajribalarni joriy etish choralarini ko‘rish.
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqish.
  • Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlash uchun yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish orqali ularning soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishlari uchun shart-sharoit yaratilishini ta’minlash.

Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi

Boshliq: Zakirov Zarifjon No'monovich
Telefon: (71) 244-98-58
Faks: (71) 244-98-58
E-mail: zarifjon.zokirov@soliq.uz

  • Jismoniy shaxslarga, xususan soliq to‘lovchilar hisobini yuritish, soliq organlarida hisobda turish, soliq ob’ektlari va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlarni hisobga olish, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, hisobotlarni taqdim etish va to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.
  • Xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rgangan holda soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va takomillashtirib borish.
  • Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish doirasida hududiy davlat soliq xizmat organlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni tashkillashtirish va nazorat qilishda yagona siyosat yuritilishini ta’minlash.
  • Davlat soliq xizmati organlarini xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan idoraga aylantirish, soliq to‘lovchilarga sifatli xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan me’yoriy huquqiy hujjat ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
  • Soliq to‘lovchilar o‘z soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi va ularning qoniqish darajasining oshishini ta’minlash.

  • Soliq to‘lash majburiyatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarni, shuningdek, tegishli hujjatlarsiz tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni tegishli davlat organidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi va davlat soliq xizmati organlarida hisobda turishi ustidan nazorat o‘rnatish.
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlarni to‘liq hisobga olish, ularning qonun hujjatlarida belgilangan faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotganligini o‘rganib borish.
  • Qonunchilikda belgilangan me’yorlardan kam baholangan ob’ektlarni qayta baholanishini ta’minlagan holda byudjetga mablag‘larni qo‘shimcha jalb etish.
  • Er uchastkalari va ko‘chmas mulk ob’ektlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘ymagan va bo‘sh turgan ob’ektlari mavjud soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar (mulkdorlar)ga oshirilgan stavkalarda er va mol-mulk soliqlarni hisoblanishini ta’minlash.
  • Jismoniy shaxslarga soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomalarini belgilangan muddatlarda etkazish.
  • Soliq deklaratsiyalari asosida soliqqa tortiladigan daromadlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarni aniqlash, soliqlarni hisoblash va undirilishini ta’minlash.
  • Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yilishini ta’minlash.
  • Soliq hisobotlari va deklaratsiyalarini soliq organlariga topshirilishida soliq to‘lovchilarga ko‘maklashish, o‘z vaqtida topshirmaganlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish.
  • Soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarni murojaatlariga asosan daromad solig‘i summalarini qaytarib berish va hisobini yuritish.
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyat turidan kelib chiqib ularga yollangan xodimlarning davlat soliq inspektsiyalarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini va ularning qonuniy faoliyatini ta’minlash.
  • Faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyat manzillariga borgan holda kuzatuv dalolatnomalarini tuzilishini ta’minlash va ularni belgilangan tartibda davlat reestridan chiqarish choralarini ko‘rish.
  • Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish samaradorligini mas’ul xodim, davlat soliq inspektsiyasi va davlat soliq boshqarmasi kesimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini joriy etgan holda baholash va nazorat qilish tizimini joriy etish.

Ro’yxatdan o’tkazish va hisobga olish boshqarmasi

Boshliq: Davirov Olimjon Raxmatovich
Telefon: (71) 244-98-80
Faks: (71) 244-98-80
E-mail: olimjon.davirov@soliq.uz

  • Soliq to‘lovchilarning tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha shaxsiy kartochkalarida hisob yuritish tartibini belgilovchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish.
  • Soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlarini hisobini yuritish bo‘yicha davlat soliq xizmati organlarida foydalanilayotgan dasturiy mahsulotlarni Soliq kodeksi hamda boshqa amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq takomillashtirish.
  • Soliq to‘lovchilarning yagona reestrini shakllantirish va to‘g‘ri yuritilishi, soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlarini hisobini tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha shaxsiy kartochkalarida hisob yuritish yuzasidan yagona siyosatni olib borish.

  • Soliq to‘lovchilar va soliq solish ob’ektlarini o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlashda amaliyotga joriy etilgan dasturiy mahsullar orqali shaxsiy kartochkalarda to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish.
  • Shaxsiy kartochkada yuritilayotgan algoritmlarning to‘g‘riligini ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini takomillashtirib borish.
  • Shaxsiy kartochkalarning amaldagi qonunchilikka muvofiq yuritilishi uchun dasturiy mahsulotlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha texnik topshiriqlar ishlab chiqish va ularning amaliyotga joriy qilinishini ta’minlash.
  • Shaxsiy kartochkada hisob yuritish uchun taqdim qilinadigan zaruriy ma’lumotlarning yagona namunaviy shakllarini joriy qilish.
  • Soliq to‘lovchilarni hisobga olish bo‘yicha axborotlarni qabul qilib olish jarayonlarini avtomatlashtirish.

Soliq solish bo’yicha maslahat boshqarmasi

Boshliq: Xashimov Aziz Ozadovich
Telefon: (71) 244-98-09
Faks: (71) 244-98-09
E-mail: aziz.hashimov@tax.uz

  • Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq solish bo‘yicha maslahatlar berish borasida tizimli ishlarni tashkil etish va ushbu yo‘nalishda yagona siyosatni yuritilishini ta’minlash.
  • Soliqqa oid normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish.
  • Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va soliq solish masalalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari xodimlariga va soliq to‘lovchilarga tushuntirishlar berish.
  • Soliq solish bo‘yicha maslahatlar berish borasida davlat soliq xizmati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va mazkur yo‘nalishda ularning faoliyatini nazorat qilish.

  • Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq solish bo‘yicha maslahatlar berishni aniq mezonlarini nazarda tutuvchi tartib yoki metodologik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va uni takomillashtirib borish.
  • Davlat soliq xizmati organlariga kelib tushayotgan takroriy murojaatlarni oldini olish maqsadida, soliq solish bo‘yicha ko‘rib chiqilgan har bir murojaatlarning elektron hisobini yuritish va undan soliq to‘lovchilarning foydalanish imkoniyatlarini yaratish.
  • Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlar hisobini yuritish bo‘yicha dasturiy mahsulotni yuritish, unga takomillashtirish maqsadida o‘zgartirishlar kiritish va foydalanilishini nazorat qilish.
  • Soliqqa oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlash.
  • Soliq solish bo‘yicha maslahatlar berish bilan birgalikda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishi sabablarini tahlil qilish va aniqlangan sabab va sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
  • Soliqqa tortish masalalari bo‘yicha ekspertlarga maslahatlar berish hamda xalqaro kelishuvlarni ishlab chiqishda va ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishida ishtirok etish.
  • Soliqqa oid normativ-huquqiy hujjatlar, ularga kiritilgan o‘zgartirishlarning yagona elektron bazasini shakllantirgan holda hisobini yuritish hamda hududiy davlat soliq xizmati organlariga uzluksiz etkazib borilishini ta’minlash.
  • Soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq solish masalalariga taalluqli murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va tegishli xulosalar berish.
  • Soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlarni soliq to‘lovchilar va fuqarolarga o‘z vaqtida tanishtirish hamda etkazish bo‘yicha ishlarni olib borish.
  • O'-zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning soliq yoki boshqa organlaridan hamda O'zbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan qo‘shma korxona, chet el korxonalari (chet el korxonasi shaklidagi boshqa korxonalar) dan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish.
  • Soliq to‘lovchilarga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining mazmuni hamda ularga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarning mohiyatini targ‘ibot qilish hamda tushuntirish ishlarini olib borish.
  • Davlat soliq xizmati organlaridagi quyi bo‘limlarida ishlovchi xodimlarining kasb mahoratlarini va malakasini oshirish ishlarini tashkil etish, amaldagi qonunlarga va normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumotlarni elektron baza yaratgan holda uzluksiz etkazib borilishini ta’minlash.
  • Davlat soliq xizmatining hududiy organlari tomonidan soliq solish bo‘yicha maslahatlar berish tadbirlarining sifatini va samarasini muntazam ravishda nazorat qilib borish.

Kameral nazorat boshqarmasi

Boshliq: Ibragimov Baxtiyar Ruslanovich
Telefon: (71) 244-97-09
Faks: (71) 244-97-09
E-mail: baxtiyar.ibragimov@soliq.uz

  • Kameral nazoratni amalga oshirish metodologiyasini yaratish va uni takomillashtirish, soliq sohasida ilg‘or xorijiy mamlakatlarning tajribalarini o‘rgangan holda kameral nazorat o‘tkazish hamda qo‘shimcha manbalarni aniqlash, soliq solish masalalarini to‘liq qamrab olinishida yanada samarali usullarni ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish va ushbu yo‘nalishlarda yagona siyosat yuritilishini ta’minlash.
  • Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘liq va o‘z vaqtida hisoblanishini ta’minlash yuzasidan kameral nazorat o‘tkazish hamda hududiy davlat soliq xizmati organlari tomonidan kameral nazorat o‘tkazilishi ustidan vertikal nazoratni amalga oshirish.
  • O'tkazilayotgan kameral nazorat tadbirlarining samaradorligini ta’minlashda qo‘mitaning boshqa tuzilmalari bilan hamkorlikni amalga oshirish.
  • Soliq monitoringi amalga oshirish hamda hududiy davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilgan soliq monitoringini vertikal nazorat qilish.

  • Soliq qonunchiligiga muvofiq kameral nazorat o‘tkazish masalalari bo‘yicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish.
  • Xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish va bankdan tashqari aylanmalarni qisqartirishni samarali usullarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
  • Kameral nazorat o‘tkazishda inson omilini kamaytirish maqsadida avtomatlashtirilgan kameral nazorat dasturiy mahsulotini takomillashtirish choralarini ko‘rib borish.
  • Taqdim etilgan ma’lumotlar va boshqa hujjatlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida belgilangan tartibda kameral nazorat amalga oshirilishini tashkillashtirish.
  • Kameral nazorat natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmaganda soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish choralarini ko‘rilishini nazorat qilish.
  • Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishni kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini besh bank kunigacha bo‘lgan muddatga vaqtincha to‘xtatib turish choralarini ko‘rilishini nazorat qilish.
  • Hududiy davlat soliq xizmati organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati yuzasidan kameral nazorat o‘tkazilishi ustidan vertikal nazoratni amalga oshirish.
  • Hududiy davlat soliq xizmati organlarining kameral nazorat bo‘limlari (sho‘’ba) hisobotlarini tahlil qilib borish.
  • Soliq to‘lovchi tomonidan kameral nazorat natijalariga doir talabnomaga javoban taqdim etilgan axborotning ishonchliligini tasdiqlash maqsadida, joylarda mavzuli ekspress-o‘rganish o‘tkazish uchun tegishli tuzilmalarga ma’lumotlar kiritilganligini nazorat qilish.
  • Xronometraj ko‘zdan kechirish natijalaridan soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlar to‘g‘risida shakllantirilgan elektron ma’lumotlar asosida taqdim etiladigan hisobotlarning va boshqa majburiy to‘lovlarning summalari ishonchliligini solishtirib borish.
  • Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nolь darajalik qo‘shilgan qiymat stavkasini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan ortiqcha soliq summasini soliq to‘lovchiga qaytarish choralarini ko‘rish.
  • Soliq monitoringini amalga oshirishning tartibini ishlab chiqish va unga rioya etilishini ta’minlash.
  • Quyi soliq idoralari tomonidan amalga oshirilgan soliq monitoringi natijalarini umumlashtiradi, hisobini yuritadi va tahlillar amalga oshirish.

Soliq tekshiruvlari va mavzuli ekspress-o’rganishlar boshqarmasi

Boshliq: Rasulov Akmaljon Ikramdjanovich
Telefon: (71) 244-97-70
Faks: (71) 244-97-70
E-mail: -

  • Moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlariga (keyingi o‘rinlarda “soliq tekshiruvi” deb ataladi) va mavzuli ekspress-o‘rganishlarga oid normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, ijro etilishini ta’minlash, sohaga oid qonun va qonun osti hujjatlarni yanada takomillashtirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish va ushbu yo‘nalishlarda yagona siyosatni yuritilishini ta’minlash.
  • Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan soliq tekshiruvlari va mavzuli ekspress-o‘rganishlarni tashkillashtirish va o‘tkazish.
  • O'tkazilgan soliq tekshiruvlari va mavzuli ekspress-o‘rganishlar hisobini yuritish, natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish hamda huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.

  • Vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq tekshiruvlari va mavzuli
    ekspress-o‘rganishlar masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va uni takomillashtirib borish.
  • Soliq tekshiruvlari va mavzuli ekspress-o‘rganishlar o‘tkazish biznes jarayonlarini optimallashtirish.
  • Soliq tekshiruvlari va mavzuli ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirishda xorijiy davlatlar tajribalaridan foydalangan holda zamonaviy usullarni qo‘llash.
  • Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar doirasida taftishlarni faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq faoliyati yuzasidan o‘tkazilishini ta’minlash.
  • O'tkazilgan mavzuli ekspress-o‘rganish natijalarini kameral nazorat tuzilmasiga o‘tkazish, qo‘shimcha hisoblangan va undirilgan mablag‘lar hisobini yuritish.
  • Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini, korxonalar hududiga moddiy boyliklarni olib kirish va u erdan olib chiqishda korxonalarda ruxsat berish tizimi ishlarining tashkil etilishi holatini tekshirish.
  • Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tekshiruvi materiallari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi, qarorlar qabul qilinishi va moliyaviy sanktsiyalar (penya) qo‘llanilishi, soliq tekshiruvi natijalarini soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalariga kiritilishini ta’minlash.
  • “Soliq tekshiruvlari hisobini yuritish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga soliq tekshiruvlari to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritilishini ta’minlash va ushbu tizimni takomillashtirib borish.
  • Quyi soliq organlarining soliq tekshiruvlari va mavzuli ekspress-o‘rganish bo‘limlari hisobotlarini tahlil qilib, natijasi bo‘yicha ish faoliyatini takomillashtirish va samarasini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
  • O'tkazilgan soliq tekshiruvi va mavzuli ekspress-o‘rganishlarda soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlar va tegishli boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik holatlarini sxema ko‘rinishida ishlab chiqish hamda mazkur holatlarini oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

yuridik va jismoniy shaxslar, 2019 yilda ko'rib chiqilgan
  • Shaxsiy qabul
  • Yozma murojaatlar
  • Elektron murojaatlar
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring