Soliq qo‘mitаsida ushbu kun munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mirziyod Maxkamov so‘zga chiqib, barchaga qo‘mita raisi tabrigini yetkazdi.
Kasaba uyushmalari faollari va a’zolarini bayram bilan tabriklab, davlat soliq xizmati organlari birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan shaxsiy tarkib manfaatlari uchun samarali ishlar qilanayotganini ta’kidladi.
Bayramga taklif etilgan xalq ardog‘idagi xonandalarning diltortar kuy va qo‘shiqlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.